• Avtorizatsiya tushunchasi.
  • Ro‘yxatdan o‘tish tartibi.
  • Login va parolga ega bo‘lish shartlari.
  • Login va parolni buzish.
  • O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologilar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/30
    Sana06.01.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #130994
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
    Bog'liq
    Mustaqil ish Kiberxavfsizlik

    Parol tushunchasi.Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida 
    tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter 
    bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi 
    yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy 
    so‘zdan iborat. 
    Avtorizatsiya tushunchasi.Avtorizatsiya – foydalanuvchining resursdan 
    foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga 
    hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi. 
    Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi. 
    Ro‘yxatdan o‘tish tartibi. Ro‘yxatdan o‘tish– foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish 
    va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim 
    veb-saytlar foydalanuvchilarga qo‘shimcha xizmatlarni olish va pullik 
    xizmatlarga obuna bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya’ni o‘zi haqida ayrim 
    ma’lumotlarni kiritishni (anketa to‘ldirishni) hamda login va parol olishni taklif 
    qiladilar. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizimda unga qayd yozuvi 


    (account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli axborotlar saqlanadi. 
    Login va parolga ega bo‘lish shartlari. Biror shaxs o‘zining login va paroliga 
    ega bo‘lishi uchun u birinchidan axborot kommunikatsiya tizimida ruyxatdan 
    o‘tgan bo‘lishi kerak va shundan so‘ng u o‘z logini va parolini o‘zi hosil qilishi 
    yoki tizim tomonidan berilgan login parolga ega bo‘lishi mumkin. Login va 
    parollar ma’lum uzunlikdagi belgilar ketma-ketligidan tashkil topadi. Login va 
    parollarning uzunligi va qiyinligi uning qanchalik xavfsizligini ya’ni buzib 
    bo‘lmasligini ta’minlaydi. 
    Login va parolni buzish.Login va parolni buzish – bu buzg‘unchining biror bir 
    maqsad yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlaridan foydalanish uchun 
    qonuniy tarzda foydalanuvchilarga tegishli login va parollarini buzishdir. Bunda 
    maxsus dastur yordamida login va parollar generatsiya qilib topiladi. Login va 
    parollarning uzunligi bu jarayonning uzoq vaqt davom etishiga yoki generatsiya 
    qilaolmasiligiga ishora bo‘ladi. 

    Download 2,23 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologilar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish