Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan
kompyuter va axborot
texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni
uzatish tarmoqlari, Internet
xizmatlaridan
foydalanish
rivojlanmoqda
va
modernizatsiyalashmoqda.
Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga
zamonaviy axborot
texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi.
Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini
oshirmoqda.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot
almashish vaqtdan yutish
imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va
uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro
aloqaning
mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi.
Topshiriq:
1. Tarmoqlararo ekran dasturlari tasnifi.
Tarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq, va ishonchsiz
tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran
ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zahiralarini himoyalash
strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini
bajaradi. Tarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni
markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi
himoyalarni amalga oshiradi: o‘rinsiz
trafiklar
, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar
oqimini taqiqlash; qabo‘l qilingan trafikni ichki tizimlarga
yunaltirish; ichki tizimning
zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan uyushtiriladigan xujumlardan
himoyalash; barcha trafiklarni bayonlashtirish; ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq
topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va
foydalanuvchilarning
identifikatorlarini
Internetdan yashirish
; ishonchli autentifikatsiyani taьminlash.
Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki FireWall deb
yuritilgan. Umuman bo‘larning xammasi yagona tushunchadir. Tarmoqlararo ekran —
bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi
va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar
to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global
tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. SHuni aytish kerakki, tarmoqlararo
ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan xam himoya qilish
qobiliyatiga egadir.
Har qanday tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni to‘liq himoya qila oladi deb
bo‘lmaydi. Internet xizmati va hamma protokollarning amaliy jihatdan axborotlarga
nisbatan himoyasining to‘liq bo‘lmaganligi muammosi bor. Bu muammolar kelib
chiqishining asosiy sababi Internetning UNIX operatsion tizim bilan bog‘liqligida.
TCP/IP (Transtnission Control Protokol/lnternet Protocol)
Internetning global
tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda
qo‘llaniladi.