7-Mavzu.Tarmoqlararo ekran texnologiyasi.
Reja:
1. Tarmoqlararo ekran texnalogiyasi va uning vazifalari
2. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi
samarali himoya yechimlari
3. Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi
Tarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq, va ishonchsiz
tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran
ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zahiralarini himoyalash
strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini
bajaradi. Tarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni
markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi
himoyalarni amalga oshiradi: o‘rinsiz
trafiklar
, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar
oqimini taqiqlash; qabo‘l qilingan trafikni ichki tizimlarga yunaltirish; ichki tizimning
zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan uyushtiriladigan xujumlardan
himoyalash; barcha trafiklarni bayonlashtirish; ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq
topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning
identifikatorlarini
Internetdan yashirish
; ishonchli autentifikatsiyani taьminlash.
Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki FireWall deb
yuritilgan. Umuman bo‘larning xammasi yagona tushunchadir. Tarmoqlararo ekran —
bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi
va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar
to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global
tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. SHuni aytish kerakki, tarmoqlararo
ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan xam himoya qilish
qobiliyatiga egadir.