6-Mavzu.Identifikatsiya va autentifikatsiya tushunchasi va vazifalari.
Reja:
1. Kompyuter tizimida ro’yxatga olingan har bir sub’ekt
2. Indentifikatsiya (identification)-foydalanuvchini uning identifikatori.
3. Indetifikatsiya va autenfikatsiya sub’ektlari.
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori
(nomi) bo’yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan
foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan
funktsiyadir.Foydalanuvchi tizimga uning so’rovi bo’yicha o’zining
identifikatorini bildiradi, tizim esa o’zining ma’lumotlar bazasida uning
borligini tekshiradi.
Autentifikatsiya (Authentication) — ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon
yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi.Bu tekshirish
foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o’zi
ekanligiga
ishonch
xosil
qilishiga
imkon
beradi.Autentifikatsiya
o’tqazishda
tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning xaqiqiy ekanligiga ishonch hosil
qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv
jarayonida faol qatnashadi.Odatda foydalanuvchi tizimga o’z
xususidagi
noyob, boshqalarga ma’lum bo’lmagan axborotni (masalan, parol yoki
sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi.
Identifikatsiya va autentifikatsiya sub’ektlarning (foydalanuvchilarning)
haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning o’zaro bog’langan jarayonidir.
Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga
tizimning ruxsati aynan shularga bog’liq. Sub’ektni
identifikatsiyalash va
autentifikatsiyalashdan so’ng uni avtorizatsiyalash boshlanadi.
Avtorizatsiya (Authorization) — subektga tizimda ma’lum vakolat va
resurslarni berish muolajasi, ya’ni avtorizatsiya sub’ekt harakati doirasini va
u foydalanadigan resurslarni belgilaydi. Agar tizim avtorizatsiyalangan
shaxsni avtorizatsiyalanmagan shaxsdan ishonchli
ajrata olmasa bu tizimda
axborotning
konfidentsialligi
va
yaxlitligi
buzilishi
mumkin.
Autentifikatsiya va avtorizatsiya muolajalari bilan foydalanuvchi har akatini
ma’murlash muolajasi uzviy bog’langan.
Ma’murlash (Accounting) — foydalanuvchining tarmoqdagi harakatini, shu
jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishini qayd etish.
Ushbu
hisobot axboroti xavfsizlik nuqtai nazaridan tarmoqdagi xavfsizlik
xodisalarini oshkor qilish, taxlillash va ularga mos reaktsiya ko’rsatish
uchun juda muhimdir.
Ma’lumotlarni uzatish kanallarini himoyalashda sub’ektlarning o’zaro
autentifikatsiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali bog’lanadigan sub’ektlar
xaqiqiyligining o’zaro tasdig’i bajarilishi shart. Xaqiqiylikning tasdig’i
odatda
seans boshida, abonentlarning bir-biriga ulanish jarayonida amalga
oshiriladi. “Ulash” atamasi orqali tarmoqning ikkita sub’ekti o’rtasida
mantiqiy bog’lanish tushuniladi. Ushbu muolajaning maqsadi — ulash
qonuniy sub’ekt bilan amalga oshirilganligiga
va barcha axborot
mo’ljallangan manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir.
O’zining xaqiqiyligining tasdiqlash uchun sub’ekt tizimga turli asoslarni
ko’rsatishi mumkin. Sub’ekt ko’rsatadigan asoslarga bog’liq holda
autentifikatsiya jarayonlari quyidagi kategoriyalarga bo’linishi mumkin: