qo‘shilmasligi kerak. Sharh esa bu tahririyat materiallari, mashhur
mualliflik sahifalari
hamda fikr, munosabatlar va hakozalar uchun muljallangan.
Ko‘p hollarda o‘quvchilar xabarlarni o‘qiyotganida unga qandaydir faktlarni
yetkazishayotganini bilishadi. Hamma
ham sharhlashi mumkin, lekin har kimda ham
eng oxirgi faktlar bo‘lavermaydi-ku. Shuning uchun ham yangiliklar sharhlardan ko‘ra
qiziqarliroqdir. Va shu sababli sharhlash bilan yangilikni chalkashtirib yuborish
ikkovining ham qadrini tushirib yuborishi tabiiy. Bunday
hollar ro‘y bergan paytda
faktlar xira tortadi va o‘z qadrini yo‘qotadi.
Barcha hollarda bo‘lgani kabi bu yerda ham ochiq sharh uchun mustasno qilish
mumkin. Agar katta tajribaga ega bo‘lgan jurnalist o‘zi bilgan mavzuda yozayotgan
bo‘lsa, unda ochiq sharhlashi mumkin. Chunki uning fikr - mulohazalari gazetxonga
ko‘p narsa beradi. Ushbu huquqni xorijda uzoq yillar ishlagan muxbirlarga
ham berish
mumkin. Albatta bu yerda muxbirlar «Ular nima deyishsa deyishsinu, lekin mening
fikrimcha…» qabilidagi so‘zlar bilan maqola yozmasliklari kerak. Ko‘proq yangi
chizgilar berishga harakat qilishi kerak. Lekin barcha
holatlarda ham ularga ochiq
sharh talabi quyilishi zarur.