yig’indisi bir xil bo’ladi. Har bir raqam xabardagi harfga mos keladi. Olingan matn
raqamlar va
belgilarni solishtirish orqali satrga yoziladi.
Ushu resursnimobil vers
iyasi
mavjud ema
Topshiriq:
2. Elektron raqamli imzoni yaratishda algoritmlar tahlili
So'nggi vaqtlarda axborot texnologiyalari kundalik hayotimizga kirib, muhim hukumat
loyihalaridan tortib oddiy maishiy muammolarni yechishni ham qamrab olmoqda.
Yangi texnologiyalar cheksiz imkoniyatlar va kata foyda
keltirishi bilan birgalikda
yangi muammolarni ham paydo qilmoqda. Ulardan biri axborotni olishi mumkin
bo'lmagan shaxslar qo'liga tushishidan himoyalash muammosidir.
Axborotni himoyalashning ko'plab usullari mavjud, shunday bo'lsada ularni har birini
quyidagi ikki usuldan biriga keltirishimiz mumkin: axborotni raqiblardan jidmoniy
himoyalash va axborotni shifrlash.
Mazkur ish kriptografiyaning muhim vazifalaridan biri - elektron raqamli imzoga
bag'ishlangan. Elektron raqamli imzo (ERI) biror hujjatning muallifini bir qiymatli
o'rnatish uchun zarur. ERI biror hujjat yoki shartnomaning haqiqiyligini ta'minlovchi
oddiy imzoning analogidir[1]. Elektron raqamli imzo quyidagilarni amalga oshirish
imkonini beradi:
- Yaxlitlik nazorati;
- Hujjatni o'zgartirishlardan (soxtalashtirish)
himoyalash;
- Mualliflikni inkor etish imkoniyatini yo'q qilish;
- Hujjatning muallifligini isbotlab tasdiqlash.
ERI ning ushbu xususiyatlari uni yuridik qiymatga ega elektron hujjat aylanishini
tashkil etishda qo'llaniladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Elektron raqamli imzo qurish sxemalari
Raqamli imzo qurishning bir necha sxemalari bor:
- Simmetrik shirfrlash algoritmi asosida. Ushbu sxema
tizimda ikkala tomon
ishonchidan foydalanuvchi uchinchi shaxs - arbitr borligini qaraydi. Hujjatni
mualliflashtirish yopiq kalit bilan shifrlash va uni arbitrga jo'natishdan iborat.
- Assimmetrik shifrlash algoritm asosida. Hozirgi vaqtda ERI ning bunday sxemalari
nisbatan ko'p tarqalgan va keng qo'llanilmoqda.
Bundan tashqari, yuqoridagi sxemalarning modifikatsiyasi bo'lgan raqamli imzoning
boshqa usullari bor.
Yetarlicha kata hajmli hujjatlarni imzolashda ERI hujjatning o'ziga emas, balki uning
heshiga qo'yiladi. Ixtiyoriy uzunlikdagi kiruvchi massiv berilganlarini fiksirlangan
uzunlikdagi bit satrga hesh deyiladi.
Hesh-funksiyalardan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: