3-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimi Avtomatlashtirilgan bank tizimi bank
faoliyati sohasida axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga
ishlov berish va undan
foydalanishni amalga oshirish uchun mo'ljallangan axborot tizimidir.
4-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilishning
maqsadlari Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza
qilish quyidagi
maqsadlarda amalga oshiriladi: banklarning axborot xavfsizligini ta'minlash va
bank sirini muhofaza qilish; axborotning tarqalib ketishi, o'g'irlanishi,
yo'qotilishi, buzib talqin etilishi, to'sib qo'yilishi, qalbakilashtirilishi va undan
o'zgacha tarzda
ruxsatsiz foydalanilishi, shuningdek nusxa olinishining hamda
avtomatlashtirilgan bank tizimiga boshqacha shakldagi aralashuvlarning oldini
olish.
5-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza
qilinishini
tashkil etish Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini
tashkil etish:
axborotni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularga
rioya etish,
shuningdek avtomatlashtirilgan bank tizimida ishlov beriladigan axborotni
muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat
qilish;
sertifikatlangan texnika vositalari va axborotni muhofaza qilish vositalaridan
foydalanish;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmatini tashkil
etish;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot to'plashga
doir faoliyatni va unga
ishlov berish usullaridan foydalanishni muvofiqlashtirish yo'li bilan amalga
oshiriladi.
6-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida
axborotdan foydalanish
Avtomatlashtirilgan bank tizimidan foydalanuvchi avtomatlashtirilgan bank
tizimida axborot mulkdorining ruxsati bilan axborotdan foydalanadi.
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotdan axborot mulkdorining ruxsatisiz
foydalanishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yo'l qo'yiladi.