3-Mavzu.Zararkunanda dasturlarning turlari
Reja:
1. Kategoriya: viruslar va qurtlar (Viruses_and_Worms).
2.
Ssilka-viruslari (Link) mavjud bo’lib, ular obyekti.
3. Klassik viruslar va qurtlar kompyuter foydalanuvchilari.
«Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning urtalarida kiritilgan.
Biologik viruslarga tegishli ulchamlarining kichikligi, uz-uzidan kupayib va obektlarga
singib(ularni zaxarlab)
tez tarqalish qobiliyati, tizimga salbiy tasiri kabi alomatlar
zararkunanda programmalarga xam taalluqlidir. Kompyuter viruslari bilan ish
kurilganda «virus» atamasi bilan bir qatorda «zaxarlanish», «yashash muxiti»,
«profilaktika», kabi tibbiyot atamalaridan xam foydalaniladi. «Kompyuter viruslari» -
kompyuter tizimlarida tarqalish va uz-uzidan qaytadan tiklanish (replikaqiya)
xususiyatlariga ega bulgan bajariluvchi yoki sharxlanuvchi kichik programmalardir.
Viruslar kompyuter tizimlarida saqlanuvchi programma taminotini uzgartirishi yoki
yuqotishi mumkin.
Xozirda dunyoda faqat ruyxatga olingan 65 mingdan ortiq kompyuter
viruslari
mavjud. Zamonaviy zarakunanda programmalarining aksariyati uz-uzidan kupayish
qobiliyatiga ega bulganliklari sababli ularni xam kompyuter
viruslariga taalluqli deb
xisoblaydilar. Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlari buyicha
klassifikastiyalanishi mumkin:
yashash muxiti buyicha;
yashash muxitining zaxarlanishi buyicha;
zararkunandalik tasirning xavfi darajasi buyicha;
ishlash algoritmi buyicha.
Yashash muxiti buyicha kompyuter viruslari quyidagilarga bulinadi: tarmoq
viruslari; fayl viruslari; yuklama viruslar; kombinastiyalangan viruslar.
Tarmoq viruslarning yashash muxiti kompyuter tarmoqlarining elementlaridir. Fayl
viruslar bajariluvchi fayllarda joylashadi. Fayl viruslar ichida
makroviruslar aloxida
urin tutadi. Makroviruslar-makrotillarda yozilgan zararkunanda prgrammalar, elektron
jadvallar va x. Yuklama viruslar tashqi xotira qurilmalarining yuklama
sektorlarida
(boot-sektorlarda) buladi. Kombinastiyalangan viruslar
bir necha yashash muxitida
joylashgan buladi. Misol tariqasida yuklama fayl viruslarni kursatish mumkin.
Rezident viruslar faollashganlaridan sung tulaligicha yoki qisman yashash muxitidan
(tarmoq, yuklama sektori, fayl) xisoblash mashinasining asosiy xotirasiga kuchadi. Bu
viruslar, odatda, faqat operastion tizimga ruxsat etilgan imtiyozli rejimlardan
foydalanib yashash muxitini zaxarlaydi va malum sharoitlarda zararkunandalik
vazifasini bajaradi.