Qo’shimcha ma’lumotlar asosida watermarking




Download 3,79 Mb.
bet6/9
Sana15.01.2024
Hajmi3,79 Mb.
#137420
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rajabov Shamshod
44444444, DV abdullokh, Документ Microsoft Word
Qo’shimcha ma’lumotlar asosida watermarking
Qo‘shimcha ma’lumotdan foydalanmagan holda qurilgan watermarking tizimida ma’lumot kalit asosida kodlanadi va kontentga mos holatda keltiriladi. Masalan, kontent rasm bo‘lsa, kodlanish natijasida ma’lumot kontent o‘lchamiga teng bo‘lgan rasm turida ifodalanadi. (2.11, 2.12-rasmlar)

2.11-rasm. Qo‘shimcha ma’lumotdan foydalanmagan holda watermarking tizimi.




2.12-rasm. Ko’rko’rona turdagi embeddir.
Qo‘shimcha ma’lumotdan foydalanmagan holda qurilgan watermarking tizimida foydalanuvchanlik va aniqlilik darajalari katta bo‘lmaganligi sababli, amalda qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda qurilgan watermarking tizimlari keng qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda qurilgan watermarking tizimi modelining umumiy ko‘rinishi 2.11-rasmda keltirilgan.
Ushbu keltirilgan model qo‘shimcha ma’lumotdan foydalanmasdan qurilgan watermarking tizimidan faqatgina haqiqiy kontentdan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Watermarking tizimi embedder qismida faqatgina ma’lumot va kalitdan emas, balki haqiqiy kontentdan ham foydalaniladi. Embeddir qismidan olingan natija esa kontentga birlashtiriladi va aloqa tarmog‘i orqali uzatiladi. Uzatilish davomida tashqi shovqinlarning qo‘shili kuzatilib, detektor tomonidan qo‘yilgan watermarking ma’lumotini topish talab etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalangan holda qurilgan watermarking tizimlarining uch turdagi ko‘ranishi bo‘lib, ular: ko‘rko‘rona embedding usulining davomchisi, va qolgan ikki turi dirty-paper kodlariga asoslangan usullardir.
Informativ embedding va chiziqli bog‘lanishga asoslangan detektorlash. Bu usul ko‘rko‘rona embeddinglash usulining davomiysi sanaladi. Chunki bu usulda embeddinglash jaraѐnida kontent ishtirok etmaydi. Shuning uchun uni ko‘rko‘rona embeddinglash usuliga asoslangan deyish mumkin. Boshqa tomondan, embeddinglash jaraѐnida kontent va ma’lumot joylashtirilgan qolib o‘rtasidagi chiziqli bog‘lanishdan foydalaniladi. Shuning uchun ko‘rkorona embeddinglash davomchisi deb ataladi.
Bu usulni tushuntirish uchun bir bit ma’lumot olingan. Bu usulda embedding va detektorlash jaraѐnlari ketma-ketligi quyidagicha:
Embedding jarayoni
- Ma’lumotni joylashtirish uchun tasodifiy qolib olinadi (kontent o‘lchamiga teng bo‘lgan matris hosil qilinadi). Bu tasodifiy qolipni hosil qilishda kalitdan foydalanish mumkin.
- Hosil qilingan qolibga asosan ma’lumot biti joylashtiriladi. Masalan, ma’lumot biti birga teng bo‘lsa qolib holati o‘zgarmaydi. Agar ma’lumot biti nolga teng bo‘lsa qolibdagi elementlar teskarisiga almashtiriladi.
- Shundan so‘ng kontent va ma’lumot joylashtirilgan qolib orasidagi chiziqli bog‘liqlilik, α hisoblanadi. Buni amalga oshirishdan maqsad detektorlashda olingan chegara qiymat (threshold) dan katta ekanligini ishonch hosil qilish. Ushbu kattalik kontentga bog‘liq bo‘lganligi sababli, har bir rasm uchun turlicha bo‘ladi.
- Olingan α qiymat bo‘yicha ma’lumot joylashtirilgan qolib masshtablanadi (kontentda joylashtrishda kontent sifatini o‘zgartirish darajasi).
- Shundan so‘ng masshtablangan qolib va kontent birlashtiriladi.
Detektorlash jarayoni:
- Qabul qilingan watermarking qo‘yilgan kontent va kalit orqali hosil qilingan tasodifiy qolib orasidagi chiziqli bog‘liqlilik hisoblanadi.
- Olingan chiziqli bog‘liqlilik qiymatiga ko‘ra ma’lumot borligi ѐki yo‘qligi aniqlanadi. Agar bu qiymat threshold qiymatdan katta bo‘lsa, ma’lumot biti birga teng, agar qiymat threshold qiymatining teskarisidan kichik bo‘lsa, ma’lumot biti nolga teng bo‘ladi. Agar olingan qiymat threshold va teskari threshold qiymatlari orasida bo‘lsa, ma’lumot mavjud emas deb topiladi.

2.13-rasm Watermarking qo‘yilgan rasm uchun aniqlangan qiymatlar.




    1. Download 3,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 3,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qo’shimcha ma’lumotlar asosida watermarking

Download 3,79 Mb.