• Detektorda o‘zgarishlarni invertlash
  • Belgilangan bardoshlilikka ega koeffisiyentlar o‘rniga qo‘yish




    Download 3,79 Mb.
    bet4/9
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,79 Mb.
    #137420
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Rajabov Shamshod
    44444444, DV abdullokh, Документ Microsoft Word
    Belgilangan bardoshlilikka ega koeffisiyentlar o‘rniga qo‘yish. Yuqoridagi usulda kontent bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha o‘zgarishlarga qarshi bardoshli sanaladi. Ammo, amalda ko‘plab tizimlar faqat belgilangan o‘zgarishlarga bardoshli qilib ishlab chiqiladi. Masalan, watermarking tizimining maqsadidan kelib chiqib, unga bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar o‘rganiladi va tizimni ishlab chiqishda ushbu o‘zgarishlarga qarshi usullardan foydalaniladi.
    Belgilangan bardoshlilikga ega koeffisiyentlar o‘rniga qo‘yish usulida ishlab chiqilgan tizimdagi embedder va detektorga kerakli bo‘lgan kontentdagi ma’lum koeffisiyent (masalan, pikseldagi belgilangan bit o‘rni) o‘rniga ma’lumot biti qo‘yiladi. Yuqoridagi usulda aniq belgilangan koeffisiyent o‘rniga ma’lumot bitlari qo‘yilsa, bu usulda har bir kontent xususiyatidan kelib chiqqan holda undan ma’lum koeffisiyentlar tanlanadi va ularning o‘rniga ma’lumot bitlari qo‘yiladi.
    Detektorda o‘zgarishlarni invertlash. Yuqoridagi ko‘rib o‘tilgan barcha usullar qo‘yilgan belgini turli o‘zgarishlarga bardoshli bo‘lishini ta’minlaydi. Bu usulda esa embedding jarayonida amalga oshirilgan biror jarayonni detektor tomonidan invertlashga asoslanadi. Ko‘plab jarayonlar aniq yoki qisman invertlanishi talab etiladi. Masalan, embedding jarayonida rasm soat strelkasi yo‘nalishida aylantirilsa, detektorlash jarayonida rasm soat strelkasi yo‘nalishiga teskari holda aylantiriladi. Agar embeddinglash va detektorlash oralig‘ida kontentga biror jarayon amalga oshirilsa, u holda detektor qisman invertlashni amalga oshiradi.
    Alternativ holda, watermarking algoritmlariga bog‘liq holda detektor tomonidan invertlash butun belgi qo‘yilgan kontentdagi o‘zgarishlar bo‘yicha emas, balki, faqat belgilar sohasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu holda detektor tomonidan invertlash uchun sarflanidagan quvvat va vaqt tejab qolinadi.
    O‘zgarishlarni invertlashdagi qiyin qadamlardan biri bu qaysi o‘zgarishni invertlash kerakligini aniqlashdir. Ko‘plab hollarda afsuski, detektor barcha o‘zgarishlarni invertlab, keyin belgini testlash orqali aniqlaydi.
    O‘zgarishlarni aniqlash ko‘rko‘rona detektorlarga qaraganda informativ detektorlar uchun osonroq bo‘lib, bu haqiqiy kontent va belgi qo‘yilgan kontent orasidagi o‘zgarishlarga ko‘ra aniqlanadi.




    1. Download 3,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 3,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Belgilangan bardoshlilikka ega koeffisiyentlar o‘rniga qo‘yish

    Download 3,79 Mb.