O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti




Download 3,79 Mb.
bet7/9
Sana15.01.2024
Hajmi3,79 Mb.
#137420
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rajabov Shamshod
44444444, DV abdullokh, Документ Microsoft Word
Dirty-paper kodlari

Dirty-paper kodlari bu – kengaytirilgan klassik kodlar bo‘lib, kod so‘zlarning to‘plami sifatida ifodalanadi. Klassik kodlarda har bir kod so‘z yagona xabarni ifodalasa, Dirty-paper kodlarida yagona xabar bir nechta kod so‘zlar to‘plami orqali ifodalanadi. Shuning uchun Dirty-paper kodlarini kodlarning to‘plami sifatida olish mumkin.
“Dirty-paper” termini dastlab Maks Kostaning “writing on dirty paper” nomli maqolasida keltirilgan bo‘lib, bunda quyidagicha tasavvur qilinadi: “oddiy varoqda mustaqil ravishda joylashgan ko‘plab nuqtalar mavjud. Bu holda berilgan nuqtalar orqali xabarni aks ettirish, kanal orqali ma’lumotni yuborishga analogdir. Yuboruvchiga ma’lumotni qaysi nuqtalardan foydalangan holda aks ettirish ma’lum, ammo ma’umotni o‘quvchiga bu narsa ma’lum emas.” Bundan kelib chiqadiki, Dirty-paper deganda mustaqil ravishda joylashgan nuqtalardan iborat bo‘lgan varoq tushiniladi. Berilgan “A” belgisini Dirty-paperda ifodalash (ko‘rko‘rona va informativ holda) quyidagi rasmda keltirilgan (2.14-rasm).
Watermarking tizimi sxemasida Dirty-paper haqiqiy kontenga to‘g‘ri kelib, belgi qo‘yuvchiga, embedderga ma’lum bo‘lib, uni tekshiruvchiga, detektorga noma’lum bo‘ladi. Bunda bir belgi uchun ko‘plab kod so‘zlar (masalan, A belgisini turli kombinatsiyalar orqali ifodalash mumkin) to‘g‘ri kelishi mumkin. Shuning uchun, kontentga mos eng mos bo‘lgan kod holati olinadi.
Dirty-paper kodlari sifati quyidagi ikki xususiyatga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi xususiyat bu – bir belgini ifodalovchi kod so‘zlarning bir-biriga yaqinligi bo‘lsa, ikkinchi xususiyat esa – turli belgilarni ifodalovchi kod so‘zlar turkimi orasida farq katta bo‘lishidir. Ushbu ikki xususiyatni bir- biriga proporsianal tarzda tanlash Dirty-paper tashkil etishning asosiy faktoridir.

2.14-rasm. Dirty-paperda ma’lumot yozish


Quyida bir bit (1 yoki 0) watermarking ma’lumoti uchun embedding va detektor jarayoni ketma-ketligi ko‘rsatilgan.
Embedding jarayoni:
- Ikkita kodlar to‘plami, w0 va w1 (0 va 1 watermarking ma’lumotlari uchun) kontent o‘lchamiga mos holatda tasodifiy sonlar generatori orqali hosil qilinadi. Bu yerda w0 nolni ifodalash uchun kerakli bo‘lgan kodlar to‘plami, w1 esa birni ifodalash uchun zarur bo‘lgan kodlar to‘plamidir. Generatorning dastlabki holati watermarking kaliti natijasida hosil qilinadi.
- Nol ma’lumot bitini qo‘yishda haqiqiy kontendan xususiyat vektori hosil qilinadi. Shundan so‘ng ushbu hosil qilingan xususiyat vektorni w0 to‘plamdagi vektorlar bilan chiziqli bog‘liqlilik darajasi tekshiriladi. Eng ko‘p bog‘liqlik mavjud bo‘lgan to‘plamdagi vektor olinadi. Shundan so‘ng to‘plamdan tanlangan vektor kontentga birlashtiriladi. Ma’lumot biti birga teng bo‘lgan holda ham xuddi shunga o‘xshash ketma-ketlik amalga oshiriladi.
Detektor jarayoni:
- Watermarking qo‘yilgan kontentdan xususiyat vektori hosil qilinadi. Hosil qilingan vektor va w0 va w1 to‘plamdagi vektorlar orasidagi chiziqli bog‘liklilik hisoblanadi. Agar hisoblangan bog‘liqlilik qiymati kelishilgan chegara qiymatdan kichik bo‘lsa, watermarking belgisi mavjud emas, aks holda mavjud. Agar belgi mavjud bo‘lib, u w0 to‘plamdagi vektorlar bilan muvofiq bo‘lsa, ma’lumot biti – nolga teng, agar u w1 to‘plamdagi vektorlar bilan muvofiq bo‘lsa, ma’lumot biti –birga teng deb topiladi.

2.15-rasm. Detektorlash jarayoni
Yuqorida izohlangan tizim 2.15-rasmda ko‘rsatilgan. Bunga asosan shtrixlangan soha detektor orqali tekshiriladigan bir xabarga tegishli bo‘lgan qism. Sababi bir xabar to‘plmadagi turli kodlar orqali ifodalanishi mumkin. Ya’ni, uning detektorlash sohasi bir nechta konuslar to‘plamidan iboratdir. Konuslar ichidagi egri chiziqlar esa o‘zgarmas aniqlilik darajasidir. Ochiq aylanalar belgilanmagan kontentni ifodalaydi. Bo‘yyalgan aylana va strelka esa embedding jaraѐnini ifodalab, ochiq aylanani eng yaqin detektorlash sohasiga ko‘chirilganidir. Ushbu ko‘chirilishlarning masofasiga qarab to‘plamdagi qaysi kodga yaqinligi hisoblanadi va belgi topiladi.
Ushbu tavsiflangan tizimni amaliy tarzda qo‘llash uchun to‘plamdagi kodlar soni kichik bo‘lishi kerak. Sababi katta sondagi kodlarni solishtirish har ikkala jarayonda, embedding va detektorlash jaraѐnlariga katta noqulaylik tug‘diradi.
2.16-rasmda yagona ma’lumot bitini w0 va w1 to‘plamlarda turli sondagi kodlar va 2.000 ga yaqin kontent bilan ifodalashdagi natijalar keltirilgan.
2.16-rasm. Turli kodlar orasidagi farq.



    1. Download 3,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 3,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti

Download 3,79 Mb.