• Keng polasali spektrum kodlash
  • O‘zgaruvchanlikka bardoshli sanalgan koeffisiyent o‘rniga qo‘yish usuli.
  • O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti




    Download 3,79 Mb.
    bet3/9
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,79 Mb.
    #137420
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Rajabov Shamshod
    44444444, DV abdullokh, Документ Microsoft Word
    Qoldiq ma’lumot qo‘shish. Odatda belgi mavjud kontent turli o‘zgarishlarga uchraganda, o‘zgarish kontent yuzasi bo‘ylab tekis taqsimlanmaydi. Boshqa so‘z bilan aytganda, o‘zgartirish kontentning ma’lum qismiga yoki ma’lum yuzasiga tasir etadi. Qolgan qismlar esa o‘zgirishsiz saqlanib qoladi. Bu holda belgi mavjud kontentni bardoshliligini ta’minlash usuli unga qo‘shimcha qoldiq ma’lumot qo‘shishdir. Qo‘shilgan qoldiq belgi ma’lumotlari asosida hisoblanadi. Agar kontentdagi o‘zgarishlar natijasida belgining ma’lum qismi o‘zgarsa, o‘zgarmagan qismi orqali ularni tiklash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu usulda odatda xatoliklarni tuzatish kodlaridan keng foydalaniladi. O‘zgartirilgan ma’lumotni qayta tiklanish darajasi xatoliklarni tuzatish kodlari imkoniyati bilan o‘lchanadi.
    Keng polasali spektrum kodlash. Agar chastotalar sohasidan foydalanilganda (audio signallarda), qoldiq ma’lumot qo‘shish usuli yangi keng polasali spektrum kodlash usulini keltirib chiqaradi. Bu usulda ma’lumot nol va birlardan iborat bo‘lgan ketma-ketlik holatiga keltiriladi. Shundan so‘ng kontent (audio signal) keng polasalar bo‘ylab tarqatiladi va ma’lumot bitlari bu polasalar uzra teng yoyiladi. Uzatilish davomida ma’lum chastotalarda o‘zgarish bo‘lgan taqdirda ham, boshqa chastotalarda ma’lumot bitlari saqlanib qoladi. Saqlangan ma’lumot bitlaridan xatoliklarni tuzatish kodlari orqali yo‘qotilgan ma’lumot bitlari tiklanadi.
    O‘zgaruvchanlikka bardoshli sanalgan koeffisiyent o‘rniga qo‘yish usuli. Amalda xabar ma’lumotni kontentning barcha koeffisiyentlari o‘rniga yashirish to‘g‘ri sanalmaydi. Sababi, kontentning ba’zi koeffisiyentlari o‘zgarishlarga bardoshsiz sanaladi. Masalan, rasm tipidagi kontentlar Fure ko‘rinishidagi yuqori chastotalari o‘zgarishlarga bardoshsiz bo‘lib, odatda o‘zgarishlar shu qismlarga katta ta’sir qiladi. Bu esa ushbu sohada ma’lumotni yashirish mumkin emasligini keltirib chiqaradi.
    Bu usul kontent yuzasini o‘zgaruvchanlikka bardoshli sanalgan va bardoshli sanalmagan qismlarga ajratish va ularda ma’lumot bitlarini yashirishga asoslangan. O‘zgaruvchanlikka bardoshli sanalgan qism ma’lumot yashirishga mos bo‘lib, unda yashiringan ma’lumot o‘zgarishlarga bardoshli bo‘ladi. Aksincha, bardoshli sanalmagan qismlarga ma’lumot bitlarini yashirish ularni o‘zgarishlarga uchraganda o‘zgarishiga olib keladi.
    Ushbu usulning murakkabligi shundaki, o‘zgaruvchanlikka bardoshli sanalgan qismlarga ma’lumotni yashirish kontentning o‘zgarishiga katta tasir qiladi. O‘zgarishga bardoshli sanalmagan qismlar kontent o‘zgarishiga katta ta’sir etmasada, ularda ma’lumotni yashirish o‘zgarishlarga ta’sirli bo‘ladi. Masalan, muhimligi kam sanalgan bitlar o‘rniga ma’lumotlarni yashirish usulidan foydalanilganda, yashiringan ma’lumot kontent o‘zgarishiga katta ta’sir qilmasada, bu usulda belgili kontent o‘zgarishlarga ta’sirli sanaladi. Sodda misol sifatida olinsa, rasm pikseli 202 ga teng. Agar bu rasm o‘zgarishga uchragan taqdirda uni 201 yoki 203 ga o‘zgarishi uni 2 ga o‘zgarishiga qaraganda ko‘proq ehtimollikka ega.

    Download 3,79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 3,79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti

    Download 3,79 Mb.