9
Arifmetik mantiqiy qurilma - oddiy arifmetik va mantiqiy amallami bajaradi.
Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga
registrlar birgalikda
ma ’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma ’lumotlar traktini shakllantiradi
(3.6-rasm).
Ma’lumotlar trakti quyidagicha ishlaydi - bitta yoki
ikkita registrlar tanlanadi,
arifmetik mantiqiy qurilma ular yordamida qandaydir amalni, masalan - inkorlash,
qo‘shish, ayirish yoki boshqa bir amalni bajaradi, so‘ngra natija tanlangan
registrlardan biriga joylashtiriladi.
Ba’zi kompyuterlarda (protsessorlarda) ma’lumotlar
trakti - mikroprogramma
(mikrodastur) deb nomlangan maxsus dastur tomonidan nazorat qilinadi. Boshqa
xil kompyuterlarda esa ma’lumotlar trakti - apparat vositalar tomonidan nazorat
qilinadi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda ma’lumotlar
trakti -
odatda apparat vositalar tomonidan nazorat qilinadi. Shuning uchun birinchi
sathning nomi - mikroarxitektura sathi deb nomlangan.
10
Ma’lumotlar trakti dasturiy ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan
kompyuterlarda, mikrodastur deganda - ikkinchi sath buyruqlarining interpretatori,
ya’ni amalga oshiruvchisi tushuniladi. Mikrodastur xotiradan buyruqlarni chaqirib
oladi va ularni ma’lumotlar traktidan foydalangan holda ketma-ket bajaradi.
Masalan: ADD - qo‘shish buyrug‘ini
bajarish uchun, u avval xotiradan chaqirib
olinadi, unda ishtirok etadigan operandalar, ya’ni qo‘shiluvchilar
registrlarga
joylashtiriladi, arifmetik-mantiqiy qurilma yig‘indini hisoblaydi va natija xotiraga
yoziladi.Ma’lumotlar trakti apparat ta’minoti tomonidan nazorat qilinadigan
kompyuterlarda ham xuddi shunday
muolaja amalga oshiriladi, ammo bunda
ikkinchi sath buyruqlarini amalga oshiruvchi, ya’ni
interpretatsiya qiluvchi
mikrodastur bo‘lmaydi.