11
Uchinchi sath
- operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi.
Operatsion tizim sathining
bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik
buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida
ham, mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham
ifodalanishi va
ishlatilishi mumkin
To‘rtinchi sath
- turli xil protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil assembler
tillaridan iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun
modjallangan yuqori sath tillari - C, C++, Java kabi
tillardan tashkil topgan
bo‘ladi.
Kompyuter tuzilishini ko‘p sathli ko‘rinishda ifodalanishi va sathlarga oid
muhokamalarni shu erda to‘xtatib, kompyuter arxitekturasini o‘rganishda muhim
hisoblangan ba’zi bir xulosalarni keltirib o‘tamiz. Shunday qilib,
hozirgi
kompyuterlar bir-nechta sathlarning iyerarxik tuzilishi shaklida loyihalanadi va
ishlab chiqariladi. Har bir sath turli xil ob’yektlarning va amallarning ma’lum bir
abstraksiyasini, ya’ni ma’lum darajadagi ko‘rinishini ifoda etadi. Kompyuterlar
tuzilishini bunday o‘rganish bilan biz, murakkab bo‘lgan
jihatlarni tushunish
uchun, nisbatan soddaroq ko‘rinishda ifodalash va tushunish imkoniyatiga ega
bo‘lamiz.
Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va ta
vsiflar xillarining to‘plami arxitektura deb ataladi. Arxitektura - kompyuterni
12
qanday dasturlanishi, ishlanishi va ishlatilishi kabi jihatlariga bog‘liq
tushuncha
hisoblanadi. Masalan, biron-bir dasturni yozish va ishlatish uchun zarur bo‘ladigan
xotiraning hajmi haqidagi ma’lumot - bu arxitekturaning bir qismidir. Ushbu
xotiraning qanday ishlab chiqilganligi, ya’ni unda qo‘llanilgan texnologiya esa
arxitekturaning bir qismi hisoblanmaydi. Kompyuterning
yoki kompyuter
tizimining dasturiy elementlarini loyihalash usullarini o‘rganish bilan biz,
kompyuter arxitekturasini o ‘rganamiz. Amaliyotda kompyuter arxitekturasi va
kompyuterni tashkil qilish degan iboralar sinonim iboralar sifatida qo‘llaniladi.