1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALАR VАZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
“KOMPYUTER TIZIMLARI” KAFEDRASI
"Kompyuterni tashkil etilishi” fanidan
Mavzu:
Komputerlarning amaliy dasturlash tillari
.
Bajardi:
Bahramov Sherzod
Tekshirdi: Sobirov Ruzimboy
Samarqand– 2023
MUSTAQIL ISH-
№1
4
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi davomida juda ko‘p turli xil
kompyuterlar ishlab chiqildi. Ularning ichida hozirda unitilib ketganlari 13
bilan
birga, kompyuter arxitekturasiga oid zamonaviy g‘oya va ishlanmalarga o‘zining
katta ta’sirini ko‘rsatgan kompyuterlar ham bor. Kompyuter arxitekturasini
yuqorida keltirilgan rivojlanish bosqichlarini taxlil qilish bilan, zamonaviy
kompyuterlarning qanday qurilganligi va qanday ishlashi
haqidagi bilimlarni
yanada kengaytirish, hamda ushbu kompyuterlarda ishlash malakasini yanada
oshirish mumkin bo‘ladi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning qurilish
asoslarini o‘zida mujassam etgan dastlabki kompyuterlardan biri, bu 1952 yili Djon
Fon Neyman tomonidan ishlab chiqilgan va birinchi avlod kompyuterlariga
mansub bo‘lgan - IAS (Immediate Address Storage) «to‘g‘ridan-to‘g‘ri
adreslanuvchi xotira» degan nomga ega kompyuter edi.
O‘rnatilgan kompyuterlar - mikrokontrollerlar.
O‘rnatilgan kompyuterlar - mikrokontrollerlar.
5
O‘rnatilgan kompyuterlar - turli xildagi qurilmalarni
boshqarish va ushbu
qurilmalar bilan ulardan foydalanuvchilar o‘rtasidagi aloqalarni, ya’ni
interfeyslarni tashkil qilish vazifalarini bajaradilar. O‘rnatilgan kompyuterlar yoki
mikrokontrollerlar yordamida ishlaydigan qurilmalarga misol qilib quyidagilarni
keltirish mumkin: nusxa ko‘chiruvchi qurilmalar,
video kameralar, raqamli
fotokameralar, printerlar, skanerlar,
modemlar, CDROM disk yuritgichlari,
telefonlar, kir yuvish mashinalari, mikro to‘lqinli pechlar, televizorlar,
avtomobillar, meditsina sohasida qo‘llanilayotgan turli
xil qurilmalar va boshqa-
boshqa ko‘pgina sohalarda ishlatilib kelinayotgan turli xil o‘lchamlarga ega
qurilmalar. Mikrokontrollerlar o‘lchamlari unchalik katta bo‘lmasada, ular biron
bir qurilmani ishlashini va ishlatilishini to‘liq taminlab bera oladigan hisoblash
vositasi sifatida qaralishi mumkin [21,27]. Har bir mikrokontroller – protsessor,
xotira va ma’lumotlari kiritish-chiqarish vositalaridan tashkil topgan. Qurilmalarga
ma’lumotlarni
kiritish-chiqarish, ularda kechayotgan jarayonlarni nazorat qilish
imkonini beruvchi maxsus displeylar, yorug‘lik indikatorlari va tovush chiqaruvchi
vositalarni kuzatish natijasida amalga oshiriladi. Mikrokontrollerlarning dasturiy
ta’minoti, ko‘p xollarda ishlab chiqaruvchi tomonidan doimiy xotiraga yozib
qo‘yilgan bo‘ladi. Barcha mikrokontrollerlarni ikkita guruxga ajratish mumkin:
universal va maxsus mikrokontrollerlar guruhi.
Universal mikrokontrollerlar, bu
kichik o‘lchamlarga ega odatdagi kompyuterlardir. Maxsus mikrokonrollerlar esa,
ma’lum masalalarni yochish uchun mo‘ljallangan – arxitektura va buyruqlar