1.
Korxona hududida 35/6 yoki 35/10 kVli pasaytiruvchi podstansiya
qurish va
korxonaning ichki hududida elektr energiyasini sexlar va bo‘limlarga 6 yoki 10 kV
li kuchlanishda taqsimlash.
2.
Korxona hududida 6 yoki 10 kV li taqsimlash uskunasini qurish, sexlar va
bo‘linmalarga elektr energiyasini 6 yoki 10 kV li kuchlanishda uzatish.
3.
Tarmoq 35/6 yoki 35/10 kV li pasaytiruvchi podstansiyadan kabel EULni
bevosita sex 6/0,4 yoki 10/0,4 kV li pasaytiruvchi podstansiyalar bilan bog‘lash.
Ana shu elektr t a’minot sxemasini ko‘rib chiqamiz.
Faraz
qilaylik, 10-rasmda sanoat korxonasi va
tarmoq podstansiyasi, ya’ni elektr
tarmoqlar boshqarmasiga qarashli 35/10 yoki 35/6 kV kuchlanishli podstansiya
berilgan. Korxonaning elektr ta’minoti tizimini (ETT) loyihalashtirish kerak. Har
bir sex yoki bo‘linma va butun korxonaning elektr yuklamasi ( yuklamasi)
jadvaldan aniqlanadi.
Loyihalashtirishning birinchi bosqichida tashqi elektr ta’minoti tanlanadi.
Yuqorida ko‘rsatganimizdek, bu masala uch variantda yechilishi mumkin. Shuni
hisobga olish kerakki, transformatorlarning isrofi uning pasport kattaliklariga
bog‘liq bo‘lsa, havo yoki kabel EULning isrofi uning masofasiga
va kuchlanishiga
bog‘liq:
Faraz qilaylik, tarmoq podstansiyadan BPPgacha birinchi variant sifatida 35 kV li
EUL, ikkinchi variantda 10 kV li EUL qurishni mo‘ljallasak, birinchi variantda
ikkinchi variantga nisbatan isrof keskin kamayadi, chunki yuqoridagi formula
maxrajida
IP–H =
352= 1225, ikkinchi variant maxrajida
LPh
= 102= 100. Demak,
isrof 1,225 marotaba kam bo‘ladi. Lekin kapital xarajat ko‘payadi, chunki 35 kV li
EUL transformatorlari va kommutatsion apparatlari 10 kV liga
nisbatan ancha
qimmat. Shuning uchun tarmoq podstansiyasi va
BPP orasidagi masofa,
korxonaning umumiy quvvati va hokazolarni nazarga olib ikkala variant
hisoblanadi hamda elektr tarmoqlarda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash
asosida istalgan variant qabul qilinadi.
Agar
birinchi variant qabul qilinsa, yuklamalar markazida 35/0 yoki 36/6 kV li
pasaytiruvchi podstansiya qurilishi lozim. Sex va bo‘linmalargacha kabel EUL 10
yoki 5 kV li bo‘ladi.
Agar
ikkinchi variant qabul qilinsa, korxonaning ichki sxemasi quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
1.
Yuklanmalar markazida 10/0,4 yoki 6/0,4 kV li podstansiya quriladi. Barcha
sex va bo‘limlar 0,4 kV kabel EUL orqali elektr bilan ta’minlanadi. Ushbu
variant arzon bo‘lsa ham korxonaning ichki EULda isrof ancha katta bo‘ladi.
2.
Yuklanmalar markazida 10 kV li taqsimlash uskunasi quriladi.
Barcha sex va bo‘limlar 10 yoki 6 kV li EUL orqali elektr bilan ta’minlanadi. Har
ikki yoki uchta sex yoki bo‘linma uchun bitta 10/0,4 yoki 10/0,6
kV li podstansiya
quriladi.