TP5 magistral sxemani kiritish befoyda, chunki bu holda
kabel EULning uzunligi
oshadi. Vaholanki, magistral sxemani qo‘llashdan asosiy maqsad korxonaning
ichki elektr ta’minotida kabel EULning uzunligini iloji boricha kamaytirish, ya’ni
tejashdir. Magistral sxema qo‘llanilganda butun elektr
ta’minoti tarmoqlarning ishonchliligini kamaytirmasligi kerak.
Shuning uchun iste’molchilar yuqori ishonchlilikni talab qilganda, elektr t a’minot
tizimi ko‘rsatilganday radial sxemada bajariladi.
Elektr taʼminoti
— elektr
energetikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport,
shahar xoʻjaligi, aholi va boshqalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda
uning taqsimoti bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Unga
elektr energiya manbalari,
kuchlanishni oshiruvchi va pasaytiruvchi elektr st-yalari, taʼminlashtaqsimlash
elektr tarmogʻi, turli yordamchi qurilmalar va inshootlar kiradi. Ishlab
chiqariladigan elektr energiyasining asosiy qismi sanoat ehtiyojlari uchun
ishlatiladi.
Elektr taʼminotining asosiy manbalari elektr st-yalari (qarang Elektr stansiyasi),
hududiy energetika tizimlarining energiya bilan taʼminlash tarmoqlari
(qarang Elektr tarmogʻi). Yirik sanoat korxona
ʼminlash uchun issiqlikelektr markazlari IEM (TETS) dan foydalaniladi. Bularning
quvvati sanoat korxonalari va shahar xoʻjaligining energiya va issiklikka boʻlgan
ehtiyoji bilan belgilanadi (qarang Issiklikelektr markazi, Issiqlikelektr stansiyalari).
Elektr taʼminoti tizimida koʻpincha yuqori kuchlanishli tok ishlatiladi. Maishiy
korxonalar va uyroʻzgʻorda 220 V (kamdan kam hollarda 110 V), yirik sanoat
korxonalari, transport va shahar xoʻjaligida 110 va 220 kV, ayrim
yirik sohalarda
330 va 500 kV kuchlanishli elektr energiyasidan foydalaniladi.
Elektr taʼminoti tizimining sxemasi elektr energiyasi manbaidan energiyani
isteʼmolchilarga uzatishda oraliq kommutatsiya va transformatsiya (kuchlanishni
oʻzgartirish) bosqichlari soni kam boʻlishiga, energiya
manbaini iloji boricha
isteʼmolchiga yaqinroq qilib qurishga asoslanadi. Energiyani isteʼmolchilarga
uzatishda kabelli va simli uzatish usullaridan foydalaniladi. Kuchlanishni
oʻzgartiruvchi (asosan, pasaytiruvchi) st-yalar isteʼmolchilar
zich joylashgan
hududning oʻrtarogʻiga quriladi.
Oʻzbekistonda Elektr taʼminoti asosan, 20-asr boshlarida Toshkentda 2 elektr st-ya
qurish bilan boshlandi. Eng yirik GESlar: Chorvoq GES, Xoʻjakent GES,
Gʻazalkent GES, Farhod GES, eng yirik issiqlikelektr markazlari (IEM): Fargʻona
IEM, Muborak IEM, Toshkent IEM; yirik elektr uzatish liniyalari (EUL) soni 20
dan ortiq (qarang Energetika). Resggublika shaharlari va
qishloqlarini elektr bilan
taʼminlash markazlashtirilgan.
Toshkent shahrida dastlabki elektr st-yalari 20-asr boshlarida qurilgan.
Markazlashgan shahar Elektr taʼminotining boshlanishi Boʻzsuv GES
ning birinchi
navbati (1926) va 6 kV kuchlanishli oʻzgaruvchan tok kabel tarmogʻining ishga
tushirilishi bilan bogʻliq. Hozir asosiy shahar Elektr taʼminoti manbalari: Toshkent
DIES, Toshkent issiqlik elektr markazi (IEM), Toshkent GES lari kaskadi. Bundan
tashqari, Elektr taʼminoti tizimida 60 dan ortiq kichik st-yalar, transformator
punktlarq, taqsimlash punktlari, kabel va havo simlari bor.