• E-Anticor.uz” elektron platformasi
  • Oʻzbekiston Respublikasi milliy koordinatori




    Download 284,03 Kb.
    bet5/6
    Sana27.11.2023
    Hajmi284,03 Kb.
    #106470
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura-fayllar.org
    1-topshiriq (1), Axborot xavfsizligida risklarni boshqarish jarayonining tahlili. Mustaqil ish, 01 488 LBA давлат рақамли УАЗ 315148-095, Oziq-ovqat va qishloq xo\'jaligini tashkil etish BMT, Тошпўлатов Хуршид Абдурахим ўғли, Замчалова (2), 1, Янги Ўзбекистон 00, Jo‘ramirzayev G‘ulomqodir AMALIY ISHI, Doira” klassini yarating. Maydoni aylana radiusi (R). Virtual m-fayllar.org, 7-labaratoriya ishiga javoblari Labaratoriya ishi – 7-fayllar.org, II - chorak. 10 sinf Algebra 3 - BSB original I - variant, Maktab kutubxonalari fondini shakllantirish va butlash, 18А-Т
    Oʻzbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilsin.
    10. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuraturasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
    davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi
    E-Anticor.uz” elektron platformasi;
    korrupsiya holatlari haqida Agentlikni xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy taʼminot;
    Agentlikka davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin.
    11. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda:
    ikki oy muddatda – Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishini hamda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashiga kiritilishini;
    uch oy muddatda – “Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi toʻgʻrisida”gi, “Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar toʻqnashuvini deklaratsiya qilish toʻgʻrisida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini;
    uch oy muddatda – Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilishni davom ettirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishini hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Milliy kengashga kiritilishini taʼminlasin.
    12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
    Agentlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, binolarni taʼmirlash, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash uchun oʻrnatilgan tartibda mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin;
    2021-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarida alohida modda bilan Agentlik faoliyatini hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish choralarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
    13. Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Agentlikni joylashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
    14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda unga har tomonlama koʻmaklashsin.
    15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini yoritish boʻyicha maqolalar chop etilishini va tematik telekoʻrsatuvlar berib borilishini tashkil etsin.
    16. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.

    Download 284,03 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 284,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Respublikasi milliy koordinatori

    Download 284,03 Kb.