|
O’zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlarga oid tasniflar
|
bet | 2/6 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 284,03 Kb. | | #106470 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi qurilish vazirligi toshkent arxitektura-fayllar.org2. O’zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlarga oid tasniflar
“O‘zbekiston respublikasining qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”. Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan.
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik — korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
4-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
|
| |