|
O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 20/22 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 13,87 Mb. | | #262242 |
Bog'liq Dadajonov Hikmatillo diplom ishi3.3.11-rasm. Web sahifa rus tilida.
3.3.11-rasm. Web sahifa ingliz tilida.
Kontrollerda yozilgan qisqacha kodni ko’rib chiqamiz:
public function actionChangelan($lan) {
Yii::$app->language=$lan;
Yii::$app->session->set("lan",$lan);
return $this->redirect(Yii::$app->request->referrer);
}
Endi esa backend/components papkasida joylashgan SetLan.php faylni ko’rib chiqamiz:
class SetLan extends \yii\base\Behavior
{public function events()
{ return[\yii\web\Application::EVENT_BEFORE_REQUEST=>'func'];}
public function func()
{if (\Yii::$app->session->has("lan"))
{\Yii::$app->language=\Yii::$app->session->get("lan"):}}}?>
Saytning tili o’zgarganda so’zlar o’sha o’zgargan tilda yozilib qolishiga sabab, har bazadagi jadvalda saytning interfeysida chiqadigan ustunlarni saytning tili soni nechta bo’lsa o’shanga teng miqdaorda qilish kerak. Misol title_uz, title_ru va title_en degan ustunlar mavjud bo’lishi kerak.
3.3.12-rasm. Bazada ustunlarning ko’rinishi.
3.3.13-rasm. Admin oynasida o’zbek tili uchun ustunlarning ko’rinishi.
3.3.14-rasm. Admin oynasida rus tili uchun ustunlarning ko’rinishi.
3.3.15-rasm. Admin oynasida ingliz tili uchun ustunlarning ko’rinishi.
Mehnat muhofazasi.
MEXNAT MUXOFAZASI VA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Zamonaviy texnika joylashgan xonasiga talablar
Xonani shifti oq ko‘k fon bilan oqlanishi va devorlari esa yashil rangga oqlanishi kerak. Bu ranglar oftob nurlanishini bizga rang iqlimini yaratib beradi. Xonalarga qo‘yilgan talablar ishchi muxit ishchining (operator) ish joyi tashqi muxit faktorlari yig‘indisi bo‘lib, ular quyidagi ishlardan iborat: fizik, ximik, biologk, axborot, sotsial-psixologik va estetik faktorlar tashqi muxit xossalari bo‘lib operatorga ta’sir etadi. Ishchi muxit turlicha bo‘lishi mumkin: ish joyida xayot faoliyatini ta’minlovchi vositalar operatorning talab etilgan mehnat qobiliyati sharoitini xosil qiladi va uni noxush faktorlar ta’siridan ximoya qiladi.
Xodimlar samarali faoliyat ko‘rsatish uchun sharoit yaratish va texnik vositalarni ishlash uchun xonalar yorug‘, toza, tovush va tebranishdan izolyasiyalangan xolatda loyixalanadi. Shkaf va devorlar tovush yutuvchi plitkalar bilan qoplanishi maqsadga muvofiqdir. Xona xarorati optimal xaroratda 21-230 S da optimal namlik 40-60 %, chang konsentrasiyasi 0,2 Mg/m3 dan va chang maksimal zarracha o‘lchash 3 Mk dan oshmasligi lozim. Xonalarda bunday sharoitni ushlab turish maqsadida, xonalarni havo almashtirib turish ko‘zda tutiladi.
Operatorning uzoq vaqt davomida monitor ortida o‘tirishi natijasida ko‘rish apparatining zo‘riqishi, ishdan qoniqmaslik, bosh og’rig’i, uyquning buzilishi charchoq va ko‘z, bo‘yin, bel, qo‘llarda og‘riqlar sezila boshlanadi.
EXM operatorining ish joyi deyilganda texnik manbalar va yordamchi qurilmalar bilan jihozlangan konkret ishlab chiqarish masalarni yechishga mo‘ljallangan "operator - odam" ish faoliyati bilan shug‘ullanadigan xudud tushiniladi.
Ish joyni mehnat havfsizligi qoidalari va standartlar talablariga mos ravishda jihozlash kerak. Ish joyi elemenlarini joylashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: operator odamning ishchi pozasi operatorga kerakli harakatlarni amalga oshiruvchi joy operator va uskunani bog‘lovchi jismoniy, ko‘rish va eshitish aloqasi.
Ishchi joyidan tashqarini ko‘rish imkoniyati yozish hamda operator tomonidan ishlatiladigan xujjatlarni saqlash imkoniyati uskunaning tashqi va konstruktiv ko‘rinishini jihozlash minimal charchash uchun sharoit yaratadi.
Operatorning ish joyini to‘g‘ri tashkil etilganida uning mehnat unumdorligi 8-20% oshadi. Kompyuter o‘rnatiladigan xonaga kompyuter soniga qarab turib quyidagi talablar qo‘yiladi: axborotlashtirish, bu tinglovchilarni yoki ishlovchilarning kompyuterda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan bajariladi. Shuning uchun kompyuter xonasida 2 tadan 5 tagacha kompyuter o‘rnatilishi mumkin. Shuning uchun kompyuter xonasini o‘lchamlari quyidagicha bo‘lishi kerak (3x6x2,8 m).
Stol va stullarga talablar
Kompyuter xonasida stol va stulllarga talablar mavjud bo‘lib stol balandligi yerdan 68-77 sm bo‘lib, stullar esa aylanuvchan bo‘lishi kerak va orqasida suyanchig‘i bo‘lishi kerak. Chunki stol stullar o‘z gabariti bilan to‘g‘ri kelmasa foydalanuvchi tezda charchab qoladi. Stol va stullar Shunday joylashtirilishi kerakki, ular insonlarga turib yurishga xalaqit bermasligi kerak. Bundan tashqari, operatorlar bemalol har bir operatorlar oldiga borib birga ishlay olishi kerak.
Ish joyining konstruktivigi va elemenlarining joylashinuvi (o‘tirg‘ichlar, axborotning ko‘rsatish, boshqarish organlari) antropometrik, fiziologik va psixologik talablarga xamda ishning xarakteriga to‘g‘ri kelishi kerak.
Shunday konstruksiyalangan ish joyi motor maydonidan tashqaridagi bajarilishi qiyin bo‘lgan operatsiyalarni bajarish imkonini beradi. Axborotning ko‘rsatish manbalari bu xolda EXM ning displeyi SNIP 2.01.02-85 (5)ga to‘g‘ri keladi. Ko‘zga tushayotgan yuklamani kamaytirish uchun displey ergonomika nuqtai nazaridan optimal o‘rnatilishi kerak, displeyning tepa burchagi ko‘z bilan bir tekislikda bo‘lishi kerak, ekrangacha masofa 28-60 sm bo‘lishi kerak. Ekranning miltilashi mil>70 Gs bo‘lishi kerak.
Antropometrik mos tushishi operatorning ish borayotgan vaqtida fazoda, kenglikda tananing joylanishi imkoniyati va turli pozani egallashi nazarda tutiladi. Bu masalani xal qilish uchun birinchi navbatda boshqarish pulti asboblaridan operatorning oyog‘i borib etadigan zona aniqlanadi. Bu mos kelishini ta’minlash qiyinchilik bilan erishiladi. Chunki xar bir kishining antropometrik ko‘rsatkichlari turlicha. O‘rta bo‘yli kishini qoniqtirgan o‘rindiq, baland yoki past bo‘yli bo‘lgan kishiga noqulay bo‘lishi mumkin.
Xavfsiz faoliyat ko‘rsatish maqsadida inson tanasi o‘lchamlari quyidagi xolatlarda xisobga olinadi:
-poldan yoki ish maydonidan, mashinalar ishlashini nazorat qilish, to‘g‘rilash zonasi, signalizasiya va nazorat asboblariga bo‘lgan satxni optimal balandligini o‘lchashda;
- balandlikda qo‘lda boshqariladigan mashinalar frontini joylashtirishda, ayniksa avariya organlarining puxta joylashtirishda;
- boshqarish organlarini shakli va o‘lchamlarini tanlashda.
Mashinalarni loyixalashda inson antropometrik ko‘rsatgichlarni to‘g‘ri tanlash uchun o’zini topografiya qilish usuli yoki modellash usuli qo‘llaniladi. O‘zini topografiya qilishda inson ishchi tanasini turli xolatlarini sxematik konstruksiyalash va ishchi bajaradigan ishlar va operasiyalar bilan bog‘lash kiradi. Modellash usuliga inson figurasini xajmiy va tekislikda modellash kiradi. Insonning antrapometrik quyidagicha: o‘rtacha balandligi 1 metr 72 sm, elka kengligi 39 sm, qo‘llar yoyilmasi 160 sm agar bu antropometrik o‘lchovlar xisobga olinmasa operatorlar ish paytida bir-biriga xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun antropometrik o‘lchovlarni xisobga olish katta axamiyatga ega.
Monitordan insonning ko‘zigacha bo‘lgan optimal masofa
Monitor ko‘zdan ozgina pastroqda va 50 sm dan kam bo‘lmagan masofada joylashishi kerak. Monitor va ko‘z orasidagi masofa 80 sm gacha bo‘lishi tavsiya qilinadi, bu masofa kichik bo‘lsa, insonning ko‘zi tez charchaydi. Monitorni dizayni va rangi o‘ziga e’tiborni jalb qilmasligi kerak. Shuning uchun monitorning sirt tomonida xar xil reklama yopishtirgichlar bo‘lmasligi kerak. Monitorning ekrani zangori va ko‘k ranglarga bo‘yalishi maqsadga muvofiq xisoblanadi. Chunki bu ranglar inson ko‘ziga eng yaxshi ranglardan xisoblanadi. Qisman monitor oldidagi o‘tirish xavfsizlikni va ish joyini rasional tashkil etish lozim. Foydalanuvchi usul asosiy xavfsizlik videomonitor ekran displeydan chiqadi, deb bo‘lmaydi. Eng kuchli nurlanish odatda monitorni yon va orqa tomonidan xam tarqaladi. Shuning uchun foydalanuvchi joyini birnecha kompyuter qarama-qarshi turgan joyida undan xam yomoni orqama-ketin joylashtirishdir.
Videomonitor xillari orasidagi tavsiya etladigan oradagi masofa 2 m dan kam bo‘lmasligi va yon tomondagi masofa 1,2 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Kompyuterlar joylashgan xona yetarli darajada keng va doimiy ravishda xavosi almashib turishi kerak. Bitta displey uchun minimal standart norma 6m ni, minimal xajm esa 20 m tashkil etishi kerak.
Kompyuter bilan ishlaganda charchash sabablari
Kompyuter bilan ishlash vaqtida inson quyidagi faktorlardan charchaydi:
-ekraning me’yoridan ortiq yorug‘ligi;
-kontrast va fon o‘rtasidagi aniqligi;
-kompyuterda ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi;
-kompyuterda nurlanishning insonga ta’siri;
-kompyuter buzuqligi.
Kompyuterdan nurlanishning oldini olishi uchun ximoya filtrlaridan foydalaniladi.
Ish joyining yoritilganligi
Ish joyini loyixalash vaqtida sun’iy va tabiiy yoritish masalasi hal qilinishi kerak. Yoritish nafaqat ishlab chiqarish masalarini xal qilish balki u ishlayotgan odamning psixologik xamda fizik xolatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish joylaridagi ratsional yoritganlikka qo‘yilgan talablar :
yorug‘lik manbai va yoritish tizimini to‘g‘ri tanlash;
ishlab chiqarish tepaliklarini kerakli darajadagi yorug‘lik darajasi bilan ta’minlash;
ko‘zni oladigan yorug‘likni cheklash;
tekis yorug‘likni tashkillash;
yorug‘lik oqimining vaqtda tebranishni yo‘qotish yoki cheklash.
Kerakli darajadagi yoritilmaganlik oqibatida va ko‘rish xolatining zo‘riqishida bajarilayotgan ish davomida ko‘zning charchashi kuchayadi umumiy ishlashi va ishlab chiqarish unumdorligi tushib ketadi va xatolar soni ko‘payadi. Ish joyidagi yoritganlik gigienik talablarga binoan mehnatning ko‘rish sharoitlariga to‘g‘ri kelishi kerak. Tarqatilgan yoritishdan, shiftlarning, devorlarning, uskunalarning och ranglarga bo‘yash qo‘laniladi. Operatorning ko‘rish maydonida yorug‘lik maydoni bo‘lsa to‘g‘ri yaltirash, ko‘rish maydoni ichida qaytaradigan yorug‘lik tekisliklari mavjud bo‘lsa qaytaruvchi yaltirash deyiladi. To‘g‘ri yaltirashni ko‘rish maydonidan yarqiragan yorug‘likni 60 sm kamaytirish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Qaytaruvchi yaltirashdan esa yorug‘likni tarqatuvchi manbalar xamda polirovka qilingan.
Tekisliklar o‘rniga matoviy ishlatish yo‘li bilan kamaytirish mumkin. Ekran monitoridagi bliklarni kamaytirish uchun tasvirni konrastligini kuchaytiruvchi va bliklarni kamaytirtiruvchi ekran filtrlaridan foydalanish kerak yoki antiblik qoplamasi mavjud monitorlardan foydalanish zarur.
Yorug‘likni turini tanlash muxim masala xisoblanadi (tabiy yoki su’niy). Tabiiy yorug‘likdan foydalanish ko‘p kamchiliklarga ega :
yorug‘lik tushishi faqat bir tomondan;
yorug‘likni vaqtda va xajmda bir xil bo‘lmaganligi;
ravshan quyosh nurlarining ko‘zni olishi va boshqalar.
Sun’iy yorug‘likdan foydalanish yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etadi va optimal yorug‘lik rejimini yaratishga yordam beradi. Lekin oynalarsiz inshootlardan foydalanish insonlarda o‘ziga ishonchsizlik va uyaluvchanlikni keltirib chiqaradi. To‘g‘ri yorug‘lik uzatishni tashkil etish uchun quyosh nurlariga yaqin sun’iy yorug‘likni tanlash kerak.
Elektr va yong‘in xavfsizligi
Elektr tokidan yerga ulab muhofaza qilishda yerga ulash qurilmasi yuzaki bo‘lishi mumkin, bunda shoxsimon holda yoki nursimon tartibda yer ostiga 1 m chuqurlikda 30 m dan kam bo‘lmagan nurlardan tashkil topgan metall tayoqlar yotiq holatda ko‘miladi. Chuqurlashtirilgan yerga ulash qurilmasi esa 2-3 m dan kam bo‘lmagan metall trubalarni yoki boshqa shakldagi metall tayoklari yer yuzasidan 0,7-0,8 m chuqurlikkacha tik holda qoqiladi. Bu tayoqchalar va yuqori usuldagi nurlar o‘zaro metall tasmalar bilan tutashtirilib kavsharlanadi. Bunday yerga ulash qurilmasining elektr tokini o‘tkazishga qarshiligi 10 Om dan oshmasligi kerak. Har qanday elektr qurilmasi, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi hosil bo‘lish xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’iy nazar, uning korpusini yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr qurilmalarini yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi.
Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo‘lsa, uni yerga o‘tkazib yuborishdan iborat elektr qurilmalarni yerga ulab muhofaza qilishning asosiy xususiyati, qurilma korpusiga o‘tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat. Ximoyalovchi yerga ulash qurilmalari 2 xil:
1. Konturli yerga ulash
2. Tashqariga chiqarilgan yerga ulash - bu usul ko‘pincha ulovchi asbob-uskunalar turgan joydan tashqariga chiqarib ma’lum bir maydonchaga to‘planib o‘rnatiladi. Erga ulashning bu turi asosan kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda ishlatiladi. Buning afzalligi shundaki, elektrod vazifasini bajaruvchi qoziqlarni yerga qoqish uchun qarshiligi kam bo‘lgan yerlarni tanlash imkoni bor.
Elektr tokidan zararlangan insonga birinchi yordam ko‘rsatish:
-Shikastlangan odamni elektr toki ta’sirida bir necha usullar bilan xalos qilish mumkin.
-Agar tok urgan xushidan ketgan bo‘lsa unga meditsina yordamini ko‘rsatish
Yong‘in xavfsizligi
Elektr toklarini qisqa tutashuvi natijasida kuchlanish ortib qizish yuzaga keladi. Natijada yong‘in chiqish xavfi tug‘iladi. Bu yong‘in chiqish sabablaridan biri xisoblanadi. Xonalarning yong‘inga qarshi toifasiga qarab bo‘linadi. Agar yong‘in chiqqan paytda operator darxol yong‘inni sababini bilishi va uni bartaraf etish usullarini ko‘rishi lozim. Buning uchun elektr tokidan yong‘in chiqqan bo‘lsa liniyani elektr tokidan uzib, so‘ng o‘chirishga kirishish kerak. Shu bilan birgalikda o‘t o‘chiruvchi guruxlarga xabar qilishi lozim. Yong‘in kuchaygan xolatda evakuatsiya yo‘llari orqali (qo‘shimcha chiqish eshiklari) ishchilarni evakuatsiya qilish kerak. Evakuatsiya yo‘llarining yoritilishi kamida 5 lk bo‘lishi, yo‘laklarining eni esa ishchilar soniga nisbatan keng bo‘lishi kerak. Xar bir tashkilotda yong‘in uchun suv ta’minoti bo‘lishi kerak.
Karbonat angidrid yordamida o‘t o‘chirish
Karbonat angidrid SO2 - inertli, rangsiz gaz, solishtirma og‘irligi 1.524, kuchsiz xidli va suvda yaxshi eriydi 100 S tempraturada va 36 atm. bosimi suyuq xolatga keladi. O‘z xajmidan 0.002 ga ko‘payadi: suyuq xolatidagi karbonat angidrid buqlanganda 509 l gaz xosil qiladi. O‘t o‘chiruvchi moslamadan chiqqan karbonat angidrid (5000 mertgacha) kengayadi va qattiq dur xolatiga ( qor ko‘rinishiga) keladi. Karbonat angidrid o‘t o‘chirish xususiyatini shundan iboratki qor ko‘rinishidagi ugle kislorod yong‘in o‘chog‘i tushgandan katta miqdordagi issiqlik yutib keladi. Karbonat angidrid oson yonadigan suyuqliklarni, qattiq moddalarni, kuchlanish ostida elektr moslamalarini o‘chirishda. Ayniqsa o‘quv xonalaridagi laboratoriyalarda yong‘in o‘chirishda yaxshi foyda beradi. U tekkan narsalar zaralanmaydi shuning uchun qimmatli va noyob materiallarni o‘chirishda karbonat angidrid qo‘llaniladi. Uning kamchiligi shundan iboratki, u xo‘llash xususiyatiga ega emas va yuqori bosimda suyuq xolatga o‘tish uchun katta xajmdagi va og‘ir metalldan yasalgan balonlardir.
Mikroiqlimning inson organizmiga ta’siri
Ishlab chiqarish binosining mikroiqlimi xodimga katta ta’sir ko’rsatadi. Tavsiya etish mazmundan mikroiqlimning ayrim o’lchamlarining chetga chiqishi mexnatga layoqatni sustlashtiradi, xodimning xissiyotini yomonlashtiradi va kasbiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Xavo xarorati. Past xarorat organizmning sovub ketishga xamda shamollash kasalliklari chiqishiga sabab bo’ladi.
Yuqori xaroratda – organizm kizib ketadi, juda kup mikdorda terlaydi, mexnatga layokat sustlashadi. Ishchi e’tibori sustlashib, baxtsiz xodisaga olib kelishi mumkin.
Xavoning yuqori namligi teri va o’pkaning ustki qismidan namlikning bug’lanishini qiyinlashtiradi va og’ir – oqibatda organizmning termoregulyatsiyasi buzilishiga, inson axvolining yomonlashuvi, mexnatga layoqatlilikning sustlashuviga olib keladi. Past namlikda (< 20%) – yuqori nafas yo’llarining shilliq pardalari ko’rib qolishi ko’zatiladi.
Xavo xarakati tezligi. Inson 0,15 m/sek.da xavo xarakatini seza boshlaydi. Xavo oqimining xarakati uning xaroratiga bog’liq. 360 C > t da oqim insonga salqinlatuvchi ta’sir, 400 C < t da noqulay, yomon, salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Mikroiqlim ko’rsatkichlari
Mikroiqlim ishchi xududda ishchilarning doimiy va yoki vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baxolanadi.
Eng qulay sharoitlar – termoregulyatsiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik axvolini ta’minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta’sir qiluvchi mikroiqlim o’lchamlarining yig’indisi. Ular mexnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart – sharoit yaratadi va issiq - qulay komfort sezuvchanlikni ta’minlaydi.
XULOSA
Zamonaviy axborot texnologiya rivojlangan davrda ma’lumotlarni izlash, to‘plash va ulardan oqilona foydalanish uchun internet tizimi qo‘l keladi.
Maktablarda va boshqa o’quv yurtlarida bajaradigan ishlarni, maqsad va vazifalarini web sahifalari orqali osonroq hal qilish mumkin. Hozirgi kunda deyarli barcha maktab muassasalari, Oliy o‘quv dargohlari, o’quv markazlar ham o‘zlarining web sahifalarini internet tarmog‘ida qo‘llab, tayyorlaydigan mutaxassisliklar va shart sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni internet foydalanuvchilariga taqdim etadi. Bu foydalanuvchilarga juda ham qulay va vaqtini tejovchi yo’l hisoblanadi. Chunki yuqorida misol qilib keltirib o’tganimizday biror abiturent yoki ishchi qaysidir universitetga yoki biron bir korxonaga o’z hujjatlarini topshirmoqchi bo’lsa, lekin unda universitet yoki korxona haqida yetarlicha ma’lumot bo’lmasa, u inson o’sha yerga borib xodimlar bilan uchrashib ma’lumot olishlari mumkin, lekin bu yo’l juda ham ko’p vaqt va harakat talab qiladi. Agarda abiturent yoki ishchi hujjatlarini topshirmoqchi bo’lgan maskaning web sahifalariga kirib tanishib chiqsa, universitet va korxona haqida yetarlicha ma’lumot oladi.
Men bajargan sayt ham xuddi shu maqsadda tashkil qilingan. Insonlarga avvalo bu o’quv markaz Qo’qon shahrida ekanligi va aniq manzili berilish, shuningdek o’quv markaz, ustozlar, qo’lga kiritilgan sertifikatlar va yutuqlar, o’quvchilar soni, qanday turdagi kurslar mavjud va shuningdek markazning aloqa nomerlar, hamda google map orqali ham markaz qayerda joylashganlini ko’rsatib beruvchi xaritasi saytga ma’lumot sifatida joylab qo’ydim. Hozirgi kundagi ko’pgina o’quv maskanlariga aloqador web saytlarda o’sha yerda ishlaydigan ustozlar va ishchilar bilan aloqa qilish imkoniyati mavjud. Agarda o’quvchi yanada ko’proq ma’lumot olmoqchi bo’lsa yoki o’zi qiziqqan ustoz bilan qiziqqan savollariga javob olmoqchi bo’lsa, ustozning ijtomoiy tarmoqlardagi manzillari chiqadi va shu manzil orqali savollarini so’rashlari mumkin. Bu ham web sahifani qulayliklaridan biri hisoblanadi.
Qo’qon shaharida joylashgan “New York” o’quv markazining rasmiy web sahifasini yaratish davomida men saytning frontend HTML, CSS, Bootstrap, JQuery, Javascript texnologiyalari bilan chuqur tanishib chiqdim. Ushbu bitiruv malakaviy ishida o’quv markaz web saytini takomillashgan xolda ish jarayonini yaratish masalasi ko‘rilgan. Men web saxifaning backend qismi yaratish uchun PHP dasturlash tilidan va Yii2 frameworkdan foydalandim. Darslardan va video darsliklardan olgan bilimlarimni jamlab yanada mustahkamlab oldim. Web-sahifalar yaratishni boshlashdan oldin men PHP va Yii2 frameworkni barcha imkoniyatlarini bilib oldim.
Ushbu diplom ishida ma’lumotlar bazasi haqida ma’lumot va ularning turlari, ma’lumotlarni kiritish va taxrirlash, ma’lumotlar bazasining asoslari, ma’lumotlar bazasini loyixalash, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) nazariyasi, haqida ma’lumotlarni to‘plash, saralash kabi bilimlarni o‘rganib chiqildim.
Avvalo, men keyinchalik saytning biror qismini o’zgartirish to’g’ri kelib qolganda qiynalmaslik uchun har bir papka, fayl va kodlarni tartiblashtirib chiqdim. Web saytni loyihalashtirishning boshida men internet orqali ta’limga oid web saytlar bilan tanishib chiqdim va ulardan kerakli qismlarni tanladim va o’z web-sahifalarimni qo'shishga harakat qildim. Web saytni tushunish oddiy va undan foydalanish qulay bo'lishiga harakat qildim.
Saytning frontend qismini qilib bo’lgach yii2 frameworkga ulashga harakat qildim. Lekin bazi muommolarga duch keldim. Bu muomlarni turli xil saytlar yani stackoverflow.com va yii2 frameworkining rasmiy saytidan yechim topdim. Ulab bo’lgandan so'ng, men malumot bazasi bilan ishlashga o’tdim, yani malumotlar bazasini saytning frontend qismini va mijozning xoxish istaklarini inobatga olib boshidan qog’ozga qoralama sifatida bazada qanday jadvallar va jadvallaning ichida qaysi ustunlar bo’lishi haqida yozib chiqa boshladim. Malumotlar bazasini strukturasini yaxshi tuzib olish bu saytning backend qismini deyarli 30 foiz ishini bajardingiz deganidir. Yaxshi va mukammal tuzib olingan malumotlar bazasining strukturasi vaqt sarfini kamaytiradi, chunki agar bazada jadval tuzlilib unda ustunlar ham tayyor bo’lsa, lekin siz yana bir jadvalga ustun qo’shmoqchi bo’lsangiz, bu strukturaga tasir qiladi va siz bir qancha fayllarni va kod qismlarini o’zgartirishingiz kerak bo’ladi. Bu degani sizdan ortiqcha vaqt talab qiladi degani, shuning uchun saytning backend qismini bajarishdan oldin, backend dasturchilar bajarmoqchi bo’lgan programmalarini sinchiklab tahlil qilib, keyin baza strukturasini tuzib olishadi va ishlashni boshlashadi.
Rostini aytsam, men ba'zi bir qiyinchiliklarga duch keldim, chunki avvalambor men oldin ko’p tillik saytlar bilan ishlamaganman va qanday sayt uchun qanday baza tuzish kerakligini ham yaxshi bilmas edim, lekin youtubedan videokurslarni ko’rib qanday qilib ko’p tillik saytlar uchun tog’ri malumotlar bazasi strukturasini qurish kerak ekanligini bilib oldim. Har bir saytning interfeysida chiqayotgan malumot bazadan olinadi. Agarda ko’p tillik sayt bo’lsa, nechta tilliga qarab bazadagi ustunlar soni o’zgaradi. Hozirgi kunda ko’plab saytlar ko’p tillik saytlar bo’lishiga sabab, agarda web sayt bitta tilda bo’ladigan bo’lsa, bu sayt yashash davri qisqa bo’lishi mumkin. Shuning uchun men bu web saytni bajarish davomida 3 ta tillik, yani o’zbekcha, ruscha va inglizcha tillarda bo’lishi uchun harakat qildim.
O’quv markazi uchun yaratgan web saytim samarali yaratilgan deb o'ylayman.
Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bugungi kunda ta'lim tizimining barcha sohalari axborot texnologiyalari, shu jumladan kompyuter va internet bilan o'ralgan. Shuning uchun o’quv maskanlarining internetda o'z web sayti bo'lishi kerak.
Yaqin yillar ichida barcha o’quv markazlarda bunday web-saytlar paydo bo'ladi. O'sha paytda bizning yosh avlodimiz bilim olish va kompyuterda ishlash uchun juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ladilar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|