19
Rekursiv munosabat
Ba’zida jadval qaytib o’ziga murojaat qilishi mumkin. Bu rekursiv munosabat
deyiladi. Misol uchun korxona ishchilari jadvalida boshliq degan attribut bo’lsa, bu
attribut shu jadvaldagi boshqa odamga (boshliqqa) ishora qiladi.
Ortiqcha munosabat
Ba’zida jadvallardagi qatorlar (record) bir-biri bilan birdan ko’p munosabatda
bo’ladi. Masalan, talabalar o’qituvchilar bilan bo’glangan, o’qituvchilar fanlarga
bog’langan, talabalar ham fanga bog’langan. Ya’ni talabalar o’qituvchilarga ikki
marta bog’lanib qoldi, biri tog’ridan-to’g’ri, ikkinchisi fan orqali. Bunday holatda
munosabatlardan biridan voz kechish MBga ta’sir qilmaydi va ishimizni
osonlashtiradi. Yuqoridagi misolda, talabalar ham o’qituvchilar ham biror fanga
bog’lanishi kifoya qiladi.