MUNDARIJA
:
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I. BOB.
.
NAZARIY QISIM …………..…………….............................…............4
1.1-§ Ma’lumotlar bazasi taxli…………………………………………........……...4
1.2-§ Dasturlash tillari.….…………..…………………………………….………..7
1.3-§ Dastur yaratish jarayoni
.
.………………….……...………………………….10
II. BOB. ASOSIY QISIM…………………………………………..……………11
2.1-§ Ma’lumotlar ba’zasini loyihalash ………………………………...…………14
2.2-§ Relyatsion ma’lumotlar ba’zasini dasturlash tillari yordamida loyihalash. ..16
2.3-§ SQL turlari yoki rеjimlari…………………………………………………..19
Xulosa ……………………………………………………………….……............27
Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………........28
3
Kirish
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi
(MB)
kerakli axborotlarni
saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi:
jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli
ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz.
Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal
qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib
borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni
o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra
undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab
chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli
ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday
tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir
yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol
yaratilgan
dasturlardan
foydalanishni
qiyinlashtirar
edi.
Har
qanday
axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov
berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet
sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet
sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun
o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona,
zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
|