I-BOB Nazariy qism
1.1 Ma’lumotlar bazasi taxlil
Baza bu – ishlov berilmagan elementlar bo`lib, ularning ichiga
matn, son, tasvir, audio v a videolar kirishi mumkin. Masalan, matn
klaviaturada kiritiladi, ovoz kompyuter mikrofoni orqali, fototasvirlar raqamli
kamera, video va uning ovozi esa raqamli videokamera orqali yoziladi
hamda kompyuterning xotirasiga saqlanadi. Ma’lumotlar deb, ma’lum bir
shaklda qayd qilingan, qayta ishlash, saqlash va uzatish uchun yaroqli xabarga
aytiladi. Ma’lumotlar bazasi deb, kompyuter xotirasida saqlanadigan bir-biriga
bog’liq bo’lgan bir predmet sohadagi ma’lumotlarning to’plamidir.
Ushbu ta’rifdan quyidagi xulosalar kelib chikadi. Kompyuterlar axborotlarni
ma’lumotlar bazasi asosida ishlov beradi. Masalan, universitetning
ma’lumotlar bazasi deganda, o`quv xonalari, o`quv fanlari, o`quv soatlari,
o`qituvchilar va talabalar haqidagi ma’lumotlarni o`zichiga oluvchi baza
tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi maxsus xodim.
Kompyuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsgakirishiga ruxsat
beradi. Maxsus xodim undan tashqari talabaning fototasvirini Kompyuterga
kiritish uchun raqamli kameradan ham foydalanadi. Kompyuterning asosiy xotira
qurimasi qattiq disk (HHD) da saqlanadi.
Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta
ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi
axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi
model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil
turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar
yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar
saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil
qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib
aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat
ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.
5
Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu
tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun
ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib,
so‘rovga javob beradi:
So‘rov berish:
SQL so‘rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi
natija olish:
Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob
Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi:
— Oracle;
— MySQL;
— Microsoft Office Access;
— MariaDB;
— Microsoft SQL Server;
Hulosa shuki, siz o‘ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar bazasi emas, balki MBBT
hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasi MBBT’ning bir qismidir, demak bu dasturlarni ishlatganda
«ma’lumotlar bazasi sifatida Oracle’ni tanladim» emas, balki «Ma’lumotlar bazasini
boshqarish tizimi sifatida Oracle’ni tanladim» to‘g‘ri bo‘ladi.
|