1.2 Dasturlash tillari.
Dasturlash tili — maʼlumotlar (axborotlar)ni va ularni elektron mashinalarda
ishlash algoritmlari (dasturlari)ni bayon qilish uchun moʻljallangan rasmiy til;
odamning elektron mashina bilan bogʻlanishi uchun ishlatiladigan shartli belgilar
tizimi. Dasturlash tili tabiiy til bilan shartli mashina tili orasidagi oʻrinni egallaydi.
Dasturlash tilining asosiy vazifasi dasturlar tuzish (Dasturlash) vositasi boʻlishi,
yaʼni maʼlumotlarni ifodalash va ularni EHM (kompyuter) da ishlashda
qoʻllanishidan iborat.
Dasturlash tillari haqida maʼlumot
Inson kabi kompyuter ham oʻziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat
kompyuter tushunadigan til boʻlib, u cheklangan lugʻat va qatʼiy yozish qoidalaridan
iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan „til“ DASTURLASH
TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza
oladi.
Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni toʻgʻridan - toʻgʻri tushunmaydi.
Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli oʻtkazib beruvchi)
tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi. Tarjimon tilining ikkita turi mavjud:
kompilyator va interpretator.
1)KOMPLIYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha oʻqib,
mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga
yigʻadi.
2)INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich
mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda
bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi. Dasturlash tillari juda
koʻp boʻlib, ularning har biridan oʻziga xos masalalarni yechishda foydalanish
mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida maʼlumotlar bilan tanishamiz.
C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun moʻljallangan
til. JAVASCRIPT interfaol web- saytlarni yozish uchun moʻljallangan
7
til. SCRATCH dasturlarni oʻrganish uchun eng mos vizuallashgan dasturlash
tili. JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun moʻljallangan dastur
yozuvchi til. PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun moʻljallangan
til. PYTHON turli masalalarni yechish, sunʼiy intellekt tizimlari uchun
moʻljallangan dasturlash tili. Aksariyat dasturlash tillari, xususan, C++, Pascal, Java,
Python va boshqalar integrallashgan dasturlash muhiti (IDE)ga ega.IDE (Integrated
Development Environment- integrallashgan dasturlash muhiti) — dasturiy taʼminot
yaratish uchun dasturiy vositalar majmuasi.
Dastur yaratish jarayoni.
Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan
foydalaniladi. Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega bólib, dasturlash tillarida
Tizimli va amaliy dasturlarni yaratish uchun dasturlash tillaridan foydalaniladi.
Dastur yaratish jarayoni katta hajmga ega boʻlib, dasturlash tillarida dastur yozish
shu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni ham
kompyuterda masalani yechish jarayoniga oʻxshash boʻlib, bir necha bosqichni óz
ichiga oladi, dastur yozish shu jarayonning bir qismi sanaladi. Kompyuter
dasturlarini yaratish jarayoni ham kompyuterda masalani yechish jarayoniga
oʻxshash bólib, bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi.
Dastur yaratish bosqichlari. Birinchi bosqichda dastur uchun talab
aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qoʻllanilishi, kirish va
chiqish maʼlumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish, uni joriy
etishning narxi baholanadi. Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi.
Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar
hamda ish rejasining grafigi tuziladi Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu
kodlash (dasturlash) jarayoni boʻlib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida
yoziladi. Toʻrtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni
aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda dasturning oʻgʻri tuzilganligi, ishlash
samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi. Beshinchi bosqichda
dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq
yaratilgan bólsa, u holds bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi
|