Maydoniy tranzistor ish rejimlari.
Maydoniy tranzistorning ikki asosiy ish rejmi aktiv va oqimli.
Zatvorga istokka nisbatan manfiy kuchlanish berilsa, kanalda ko‘ndalang elektr maydon yuzaga keladi va uning ta’sirida kanaldan elektronlar itarib chiqariladilar.
Kanal elektronlar bilan kambag‘allashib boradi, uning qarshiligi ortadi va stok toki kamayadi. Zatvordagi manfiy kulchlanish qancha katta bo‘lsa, bu tok shuncha kichik bo‘ladi. Tranzistorning bunday rejimi kabag‘allashish rejimi deb ataladi.
Agar zatvorga musbat kuchlanish ta’sir ettirilsa, hosil bo‘lgan elektr maydoni ta’sirida, istok va stok, hamda kristalldan kanalga elektronlar kela boshlaydilar, kanalning o‘tkazuvchanligi va shu bilan birga stok toki ortib boradi. Bu rejim boyish rejimi deb ataladi.
Aktiv rejimda, baza tomonidan kiritiladigan kuchik kuchli signal emitor va kollektor tomoniga o'tkaziladi va tranzistor amplifikatsiya qiladi. Bu rejimda, tranzistorning zatvori va stoki orasidagi kuchlanish munosabalari o'zgarishi yo'q. Oqimli rejimda, baza tomonidan kiritiladigan katta kuchli signal tranzistorning emitor va kollektor tomonida oqim yaratadi.
Bu rejimda, tranzistorning zatvori va stoki orasidagi kuchlanish munosabalari o'zgarishi bilan birga oqimli kuch hosil bo'ladi.
Tranzistorning oqimli rejimi qurilishiga qarab, u tepalik oqimli (saturation) va pastlik oqimli (cut-off) bo'lishi mumkin. Tepalik oqimli rejimida, tranzistorning zatvori va stoki orasidagi kuchlanish munosabalari maksimal darajada bo'ladi, va tranzistor kuchli oqim yaratadi. Pastlik oqimli rejimida esa, tranzistorning zatvori va stoki orasidagi kuchlanish munosabalari minimal darajada bo'ladi, va tranzistor ishlashni to'xtatadi.
Xulosa:
Maydon tranzistorlarning ulanish sxemalari qo‘sh qutblarni ulanish sxemalariga o‘xshash. Ta’kidlash kerakki, maydon tranzistori, qo‘sh qutbliga qaraganda, ancha katta kuchaytirish koeffitsiyentini olishga imkon yaratadi.
Yuqori kirish (va kichik chiqish) qarshiliklarga ega bo‘lib, maydon tranzistorlari muntazam ravishda qo‘sh qutblarni siqib chiqaryapdi. Yana shuni esda tutish kerakki, maydon tranzistori statik elektrdan juda «qo‘rqishadi», shuning uchun ular bilan ishlaganda statik elektrdan himoyalash bo‘yicha juda qattiq talablar qo‘yiladi.
Test
1. Sxemalarda MDYa- tranzistor... ishlatiladi.
a) kuchlanish kuchaytirgichi sifatida
b) signallarni kechiktirish uchun
c) signallarni so’ndirish uchun
d) signallarni ajratish uchun
2. Maydoniy tranzis-torning qaysi turida stok toki faqat kanal sohasi kengligining o’zgarishi hisobiga amalga oshadi?
a) zatvori p-no’tish bilan boshqarila-digan maydoniy tranzistor
b) p – kanali qurilgan MDYa- tranzistorda
c) n – kanali induksiyalangan MDYa tranzistorda
d) MDYa- transistor
3. Qaysi tranzistor tuzilmasida dielektrik qatlam qo’llaniladi?
a) MDYa tranzistorda
b) barcha javoblar noto’g’ri
c) n-p-n bipolyar tranzistorda
d) p-n-p bipolyar tranzistorda
4. Qaysi tranzistorda kanali boyitilgan va kambag’allashgan rejim amalga oshadi?
a) p-n-p bipolyar tranzistoda
b) kanali qurilgan MDYa maydoniy tranzistor
c) n-p-n bipolyar tranzistorda
d) kanali induksiyalan-gan MDYa maydoniy transistor
5. Qanday bipolyar tranzistor eng tezkor ishlaydi?
a) baza kengligi kichik, unda p- turli kiritmalar notekis taqsimlangan
b) baza kengligi kichik, unda n- turli kiritmalar tekis taqsimlangan
c) baza kengligi kichik, unda n- turli kiritmalar notekis
d) baza kengligi katta, unda n- turli kiritmalar notekis taqsimlangan
6. Tranzistorning ishlash jarayoni qanday omillarga asoslangan
a) zaryad tashuvchilar injeksiyasi va diffuziyasi
b) zaryad tashuvchilar diffuziyasi va rekombinasiyasiga
c) zaryad tashuvchilar injeksiyasi va rekombinasiyasiga
d) zaryad tashuvchilar injeksiyasi, diffuziyasi va rekombinasiyasiga
7.Agar tranzistorning emitterga to’g’ri yo’nalishda kollektorga teskari yo’nalishda kuchlanish qo’yilsa, u qanday rejimda ishlaydi
a) teskari
b)aktiv
c) to’g’ri
d) yopiq
8.Maydonli tranzistorlarning qarshiligi qanday elektr maydoni bilan boshqariladi?
a) ko’ndalang
b) bo'ylama
c) parallel
d) magnit
9. Qanday maydonli tranzistor mavjud?
a) boshqariladigan p-n – o’tishli va metall – dielektrik – yarim o’tkazgich
b) p-n – o’tishli va metall – dielektrik – yarim o’tkazgich
c) p-n – o’tishli va metall – yarim o’tkazgich
d) boshqariladigan p-n-p – o’tishli va dielektrik – yarim o’tkazgich
10. Uchta va undan ortiq p-n o`tishlarga hamda ikkita ulash uchiga ega bo`lgan elektron sxemalarida elektr tokini katta ulashda elekron kalit vazifasini bajaradigan yarim o`tkazgichli asbobga ...... deyiladi. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying
a) Tiristor
b) Tranzistor
c) Tunnel diodi
d) Gann diodi
Qisqartma so’zlar
1.MT-Maydoniy transistor
2.BT-Bipolyar transistor
3.VA-Volt-Amper
4.EYuk-Elektr yurituvchi kuch
5.IMS-Integral mikrosxemalar
6.YaD-Yarimo’tkazgichli diod
7.UE-Umumiy emitter
8.ULS-Universial labaratoriya stendi
9.SHK-Shaxsiy kampyuter
10.PCH-Past chastotali
|