48
mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit
holatini o’rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo’llash bilan bog’lik
siyosiy-
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar yig’indisini o’z
ichiga oladi.
XULOSA
O‘zbekistonning eng yangi tarixini yoritishda va o‘rganishda milliy g‘oya,
fuqarolik jamiyati, sotsilogiya kabi fanlarda olib borgan tadqiqot ishlarining
ahamiyati juda kattadir. ijodkor ziyolilar o‘zlarining to‘laqonli ijod durdonalari,
badiiy-publitsistik
asarlari, shc'rlari va maqolalari bilan keng xalq ommasining
qalblariga yetib bordilar, ularni razolat va g'aflat uyqu-sidan uyg'otdilar. Ana shu
milliy uyg'onish jarayonida 1988-yil, 11-noyabrda O‘zbekiston tabiati, ma'naviyati
va moddiy boyliklarini muhofaza etish «Birlik» xalq
harakati tashkiliy jihatdan
uyushdi.
Davlat tili respublika ijtimoiy hayotiga chuqurroq kirib bordi. Ayni paytda
boshqa milliy tillarni o‘rganish va ulardan foydalanish uchun sharoitlar yaratildi. Til
muammosiga jiddiy ilmiy-amaliy tarzda yondashuv ta'minlandi. Bu esa, qonun
qabul qilish arafasida ayrim kishilarda pay do bo‘lgan til muammolari atrofida,
xususan, Davlat tili bilan bir qatorda rasmiy til ham e'lon qilinarmish,
degan
uydirmalar, soxtakorliklar va siyosiy o‘yinlarni bartaraf etdi.
Respublikada yashaydigan boshqa xalqlarning tillarini o‘rganish va qo‘llash
erkinligi ta'minlanishi bilan birga O‘zbekistonda aholining mutlaq ko‘pchiligi
foydalanadigan bitta davlat tili bo‘lishi kerak, degan nuqtayi nazarga amal qilindi.
Ming odam qamoqqa olinganligidan qat'i nazar o‘zbek xalqi boshiga 80-
yillarda ommaviy kulfat tushgan edi. Gdlyan va Ivanovlar guruhi O`zbekistonda
bilgan
va
bilmagan barcha noma'qulchiliklarni
qildilar.
70-80-yillarda
O‘zbekistonda Kompartiya va sovetlar hukumatining I.Usmonxo‘jayev,
Xudoyberdiyev, Aytmurotov, Salimov, R.Abdullayeva, Tursunov, Musaxonov,
Yahyoyev, Norov,
Sattorov, B.Rahimov. A.Karimov, X.Norbo‘tayev singari
rahbarlari qamoqxonalarda mislsiz qiynoq va azoblarga solindilar.
Insoniylik qiyofasini yo‘qotgan Gdlyan boshliq vahshiylar guruhi
mahbuslarni so‘roq qilish davomida hatto fashistlar ham yetti uxlab uishiga
kirmagan
dahshatli, eng qaltis va ta'sirli usullarni ishga solganlar: «Hozir
bolalaringni qamoqqa tiqamiz, retsedevistlar xotiningni zo‘rlaydi, qizingni badnom
qiladi, sen esa eshikdan tomosha qilib turasan» kabi. Yaxshisi mahbuslaming ba'zi
bir deganlariga e'tibor qarataylik. Sobiq militsiya general-mayori (u Nijniy Tagil
qamoqxonasida saqlangan) Xushvaqt Norbo‘tayevning arzonmasidan: «Hech natija
chiqmaganidan keyin meni 3-hibsxonaga - o‘ta xavfli jinoyatchi Sayfulin Shavkat,
49
muttaham G'afurov Oqil (laqabi «Doktor»), qartaboz Igorlar ichiga qo‘shib
qo‘yishdi.
Ona tariximiz o‘tmishining sovetlar saltanati davri, xususan 80-yilIardagi
qatag'onlik yillari dardli, alam va motamsaro voqealarga to‘la xalqimizning millat
sifatida qaddi bukilgan, xo‘rlangan va oyoqosti qilingan davridir. Kelajakdan umidi
bo‘lgan inson va millat sifatida yashayman degan avlodlarimiz tariximizning yaqin
o‘tmishdagi achchiq saboqlaridan hayotiy xulosalar chiqarmoqlari ham qarz ham
farzdir.
90-yillarda mamlakat boshiga tushgan ekologik
qabohat uzoq davom etishi
mumkin emas edi. Vujudga kelgan og'ir vaziyat vaxlit ijtimoiy-adolatli ekologik
siyosat yuritishni talab qilayotgan edi.