• Birlamchi qiyoslash – torozilarni (qadoqlash toshchalari) ishlab-chiqarishda yoki ta’mirlashdan keyin yoki import bo‘yicha keltirishda o‘tkaziladi; Davriy qiyoslash
  • O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet106/286
    Sana16.05.2024
    Hajmi5,37 Mb.
    #236914
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   286
    Bog'liq
    katta kitob

     
     
     
     
     
     
    3.2-rasm. Elektron torozilarini umumiy ko‘rinishlari
     
    Reyterli analitik torozilarga qo‘shimcha beriladigan mayda qadoq toshchalarining termasi 
    massalari 100 g dan 10 mg gacha bo‘lgan toshchalardan tashkil topgan. Mayda qadoq toshchalariga 
    qaraganda ancha katta massalarni tortish uchun torozilar reyter bilan, ya’ni simli qadoq toshcha 
    bilan ta’minlangan bo‘lib uni torozi shayinining elkalaridan biriga o‘tkazish qulay. SHayinni har bir 
    elkasini usti 10 qismga bo‘lingan. Reyterlar 1 yoki 10 mg og‘irliklarda tayyorlanadi. 1ta 
    bo‘linmaga osilgan xolda, reyter shayinda amal qiluvchi pallaga qo‘yilgan 1 mg yuklanmaga 
    ekvivalent xolatni yuzaga keltiradi; agar reyter ikkinchi bo‘linmaga osilgan bo‘lsa, unda 2 mg ga 
    ekvivalent va x.k.
    Reyterni osish va siljitish torozilar qutisini o‘ng devori orqali tushirilgan, maxsus 
    harakatlanuvchi sterjen bilan o‘tkaziladi. Sterjen reyterni quloqlari ilintiriladigan ilmoq bilan 
    nihoyalanadi. Tarozilarni qiyoslashning ikki usuli amal qiladi:
    Birlamchi qiyoslash – 
    torozilarni (qadoqlash toshchalari) ishlab-chiqarishda yoki 
    ta’mirlashdan keyin yoki import bo‘yicha keltirishda o‘tkaziladi;
    Davriy qiyoslash
    – unga foydalanilayotgan barcha torozilar (qadoqlash toshchalari) jalb 
    qilinadi, bunday qiyoslashni davriyligi – yiliga 1 marotaba. 
    Lozim bo‘lgan tayyorgarchiliklardan keyin tarozilarni qiyoslash o‘tkaziladi. Siz foydalanishga 
    yaroqli bo‘lgan torozini olasiz va Sizga sizni tarozingizni metrologik tavsiflari va boshqa 
    parametrlarini, tashqi ko‘rinishini ham qo‘shib olganda, talablarga javob bermasligi tufayli
    yaroqsizlantirishi mumkin bo‘lgan vakolatlangan metrologik organga borish uchun o‘z vaqtingizni 
    sarflashni keragi bo‘lmaydi.
    Qiyoslashni berilgan massani aniqlik bilan o‘lchab beruvchi etalon qadoq toshchalari 
    yordamida amalga oshiriladi. Aniqligi har xil bo‘lgan sinfga xos bo‘lgan og‘irliklar uchun 
    toshlarni xilma-xil termasidan foydalaniladi: analitik torozilarga-1 mg dan va savdo-sotiq uchun
    10 kg gacha. Torozilarni qiyoslashni uch etapda amalga oshiriladi: 
    - birinchi etapda qiyoslash yuklanishsiz o‘tkaziladi va tarozilarni to‘g‘ri o‘rnatilganligi 
    ko‘rikdan o‘tkaziladi va ularni mo‘ljallangan yuklanishlarga munosabatlari kuzatiladi;
    -ikkinchi etapda tarozi pallasi platformasining chetki va markaziy qismlariga maksimal 
    maksimal tortilishi mumkin bo‘lgan yuklamaning 1/10 massasiga ega bo‘lgan namunavaiy qadoq 
    toshchalarni qo‘yish orqali tekshiriladi;


    156 
    - uchinchi etapda ularni maksimal yuklatilishida torozilarni aniqligi tekshiriladi, bunda qadoq 
    toshchalar platforma markaziga qo‘yiladi.
    Agar torozilar qiyoslashdan o‘tsa va talabga to‘liq javob bersa, unda Davlat metrologik 
    xizmatini vakili guvohnoma rasmiylashtiradi va moslama uchun o‘ziga xos qiyoslash sertifikati 
    beriladi, taroziga esa maxsus tamg‘a bosiladi. Agar tortib ko‘rishdagi olingan ma’lumotlar 
    pasportida ko‘rsatib o‘tilgan talablarga to‘g‘ri kelmasa, egasiga moslamani yaroqsizligi xaqida 
    xabarnoma beriladi, unda tarozi kalibrovkalanishi yoki ta’mirlanishi lozimligi ko‘rsatiladi. 
    Qiyoslashdan yaxshi o‘tgandan keyin guvohnoma (sertifikat) moslama egasiga beriladi, tarozini 
    o‘zida esa - tamg‘a qoladi. 
    Analitik torozilarda chegaralangan og‘irlikdan ortiq bo‘lgan jismlarni tortishga yo‘l 
    qo‘yilmaydi. Ushbu chegaraviy cheklanishlar torozilarni o‘zida yoki ularni pasportda ko‘rsatiladi, 
    yoxud ilova qilingan barcha mayda qadoq toshlarni jamlanma og‘irligi sifatida aniqlanishi 
    mumkin.
    Ishlashda qulay bo‘lishi maqsadlarida ADK-200-M tarozilari dempfer (tebranishni 
    pasaytiruvchi qurilma) bilan ta’minlangan bo‘lib, u shayinning tebranishlarini so‘ndirishni 
    shunchalik oshiradiki, milni harakatlanishi davriylashadi va u muvozanat holatda tebranib turmaydi, 
    aksincha unga sekin yaqinlashib boradi hamda unga harakatlangan tomondan uni yaqinida 
    to‘xtaydi.
    Ushbu tarozilarda reyter mavjud emas. Tarozilari ularga qurilgan 10 dan 1210 mg gacha 
    bo‘lgan milligrammdagi mayda qadoq toshlar bilan ta’minlangan, ular tarozilarni o‘ng pallasi 
    zirkiga maxqamlangan. Toshchalar bilan boshqarish tarozi g‘ilofidan o‘ngda joylashgan aylanuvchi 
    limba yordamida, dastaklar orqali amalga oshiriladi. Ichki limbani aylanishida o‘nlab mg larning,
    tashqi limbani aylanishida esa yuzlab mg larning irg‘itish yoki tushirib qoldirilishi bo‘lib o‘tadi. 
    Tarozilar mili o‘zini quyi nixoyalarida ikkala tomoniga 0 dan 10 mg gacha hisoblangan shkala 
    bilan ta’minlangan. Optik qurilma yordami bilan mikroshkala tarozi ustuni oldidagi ekranga 
    proeksiyalanadi.
    Elektron tarozilarida tortib ko‘rish jarayoni tortiladigan yukni va qiymati torozini blokidagi 
    xotirada saqlanadigan etalon kalibrovka yukni qiyyoslashdan iborat bo‘ladi. O‘lchash prinsiplariga 
    qarab elektron tarozilari tenzotorozlar yoki elektromagnit tizimidagi tarozilar bo‘lishi mumkin.
    Eng oddiy elektron tarozi bo‘lgan –tenzotarozili tortib ko‘rishlar, torozi pallasiga bog‘langan 
    egiluvchan jism kuchlanishini o‘lchash vositasida bo‘lib o‘tadi. Elektromagnit tizimidagi tarozilar – 
    bu dastaklar va prujinalarning murakkab tizimlari orqali tortiladigan yukni muvozanatlantirish 
    asosan elektromagnit g‘altak va undan o‘tuvchi tokni o‘lchash yordamida amalga oshiriladigan 
    tarozilardir. Bunday tarozilar uzoq muddatli foydalanishlarga ega, chunki ularda mexanik qismlari 
    deyarli harakatlanmaydi - tarozilar har vaqt muvozanat xolatda bo‘ladi. 

    Download 5,37 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   286




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti

    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish