162
- ko‘pgina zamonaviy bo‘lgan shishali elektrodlarni shunday tayyorlaniladiki, xlor kumushli
elektr yurituvchi kuch juftligida, pH = 7, ya’ni neytral muhitda bo‘lganda taxminan nolga teng
bo‘ladi.
-asosiy (ishqoriy) pH da (biroq, odatda, shishali elektrodlar uchun chegara -14 dan oshmaydi)
datchik chiqishidagi kuchlanish 0 dan −0,41 V gacha (14-7) −0,059 = −0,41) oraliqda bo‘ladi.
Masalan, pH 10 (neytraldan 3 birlik yuqori), (10-7) −0,059 = −0,18V.
- kislotali rN da, datchik chiqishidagi kuchlanish 0 dan +0,41V gacha oraliqda bo‘ladi.
Masalan, pH 4 (neytraldan 3 birlik past), (3-7) −0,059 = +0,18V.
Bufer eritmalar bo‘yicha kalibrovka qilishda ikkita asosiy sozlash bajariladi: pH ni ma’lum
bo‘lgan aniq qiymati bilan – nolni kuchaytirish va siljitish tiklik xarakteristikalari o‘rnatiladi. Xuddi
shunday ravishda izopotensial deb ataluvchi nuqta (pH va, Ei) —pH qiymati va unga muvofiq
bo‘lgan elektr yurituvchi kuch sozlanadi, bunda elektr yurituvchi kuch tizimi haroratga bog‘liq
bo‘lmaydi. Zamonaviy elektrod tizimlarni (kuchli kislota va ishqorlar uchun maxsus elektrodlar
bundan mustasno qilinadi) +/- 50mV oraliqlardagi elektr yurituvchi kuch va pH = 7 atrofida bo‘lgan
izopotensial nuqtada qilinadi. Ushbu tavsiflar shisha elektodlarni har bir turi uchun ko‘rsatiladi.