63
4.5-rasm. Elektrodinamikaviy sistemadagi priborning magnitaviy oqimlari ko’paytmalarining
grafiklari:
a- magnitaviy oqimlar faza jihatidan
mos tushganda; b-fazalar a<90
0
ga mos
tushganda; v- fazalar
90
0
ga mos tushmaganda. α
O’qqa ta’sir qiluvchi yig’indi aylantiruvchi moment o’zgarishsiz qoladi.
Amalda agar tashqi
magnit maydon bir jinsli bo’lsa, astatik mehanizmga uning ta’siri mutlaqo sezilmaydi.
Elektrodinamik sistemadagi asboblarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:
shkalasi deyarli teng bo’lingan ;
aniqligi katta (aniqlik klassi 0,1 gacha)
o’zgarmas va o’zgaruvchan tok zanjirida ham ishlatish mumkin ;
sezgir elementi ikkita ( harakatlanuvchi sistema burilishiga ta’sir etuvchi ikki g’altak )
Bu asboblarning kamchiligi ham bor :
1)ko’rsatish tashqi magnit maydon ta’siriga bogliq ;
2) o’ta yuklanishga sezgir ;
3) iste’mol quvvati nisbatan katta (odatda 6-10 vt, bazan asboblarda 20-25vt
gacha yetishish
mumkin );
4) narxi qimmat ;
Elektrodinamik sistema mehanizmlari ko’proq o’zgaruvchan va o’zgarmas
tok zanjirlarida
quvvatni o’lchashga mo’ljallangan asboblarda yoki o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarida
ishlatiladigan yuqori aniqlik klassidagi (0,2; 0,1 ) ampermetr va voltmetrlarda ishlatiladi.
90>