• 4.2. Magnitoelektrik o’lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinspi 7 Theraja B. L. , Theraja А. К. A textbook of electrical technology.
  • ELЕKTR O’LChAShLAR VA ELЕKTR O’LChASh PRIBORLARI




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/286
    Sana16.05.2024
    Hajmi5,37 Mb.
    #236914
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   286
    Bog'liq
    katta kitob

    ELЕKTR O’LChAShLAR VA ELЕKTR O’LChASh PRIBORLARI 
    ELЕKTR O’LChAShLARNING AHAMIYATI 
     
    Hozirgi zamon fani va texnikasini elektr o’lchov asboblarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu 
    asboblar bilan elektr miqdorlarnigina emas, balki elektrmas (elektrga tegishli bo’lmagan) 
    miqdorlarni ham oson, tez va juda aniq o’lchash mumkin. Elektr o’lchov asboblari har xil fizik 
    hodisalarini o’rganishda, mashinalarni sinashda, shuningdek ishlab chiqarish protsesslarini nazorat 
    qilish va boshqarishda ishlatiladi
    7

    O’lchanayotgan miqdorlarning son qiymatlarini bevostita ko’rsatuvchi asboblar tehnikada eng 
    ko’p ishlatiladi. Bunday o’lchov asboblari ko’rsatuvchi asboblar deb ataladi. Masalan, ampermetr, 
    voltmetr, hisoblagichlar, galvanometrlar shular jumlasidandir. Bu asboblarda o’lchash natijasini 
    ko’rsatadigan moslamalar: strleka va shkala yoki sanash mexanizmi bo’ladi. 
    4.1-rasm. Strelkali elektr o’lchov asboblarining umumiy ko’rinishi. 
    Ko’rsatkich strelkali asboblarning shakllari o’lchanadigan miqdorning son qiymatlariga 
    moslab, oldindan darajalanadi (4.1-rasm). Kundalik o’lchashlarda ishlatiladigan elektr o’lchov 
    asboblari ishchi o’lchov asboblari deb, faqat ishchi o’lchov asboblarini tekshirish, darajalash va 
    xatoliklarini aniqlashda ishaltiladigan o’lchov asboblari na’munaviy o’lchov asboblar deb ataladi. 
    Aniqlik darajasi yuqori bo’lgan o’lchov asboblari na’munaviy o’lchov asboblari sifatida 
    qo’llaniladi. 
    Elеktr o’lchov asboblari o’zining tuzilishi va ishlash printsipi jihatidan quyidagi guruhlarga 
    bo’linadi: 
    4.2. Magnitoelektrik o’lchash asboblarining tuzilishi va ishlash prinspi
    7
    Theraja B. L. , Theraja А. К. A textbook of electrical technology.
     
    volume I.
     - 
    R
    am 
    nagar, New Delhi-110 055. 
    S. Chand & Company LTD.
     -
    2005. - 880 p. 


    59 
    Magnitoelektrik sistemadagi o’lchash asboblarining ishlash prinspi tokli ramkaning magnit 
    maydoni bilan o’zaro tasirlashishga asoslangan. Agar magnit maydoniga tokli ramka kiritilsa (4.2- 
    rasm) unning aktiv tomonlariga F kuchlar tasir qiladi: ular o’zgarmas magnit maydonda ramkadagi 
    tokka kattaligi bo’yicha proporsianal aylantiruvchi moment, yani M
    ayl 
    = I ni hosil qiladi.
    Agar ramka harakatiga prujina teskari ta’sir qilsa u holda burilish burchagi aylantiruvchi 
    momentga , demak, ramkadagi tokga ham proporsional bo’ladi. O’lchanadigan tokni bu ramka 
    orqali o’tkazib uning burilishi burchagi asosida o’lchanadigan tokning qiymati haqida xulosa 
    chiqarish mumkin.
    Amalda magnitoelektrik sistemadagi asboblarda magnit maydoni doimiy magnit qutblari 
    1 yordamda hosil qilinadi, doimiy magnit qutblari 5 orasiga esa yumshoq po’latdan yasalgan aniq 
    markazlangan qo’zg’lmas o’zak 6 joylashtirilgan bo’ladi. Magnit qutblari va o’zakning silindrik 
    yuzasi orasida (radial masofada ) bir xildagi havoli zazor bolib, unda bir tekis radial yo’nalgan 
    kuchli magnit maydoni hosil bo’ladi. Shu maydonda ramka joylashadi. U ikkita yarim o’q 3 ga 
    mahkamlangan to’g’ri to’rt burchakli shaklda alyuminiy karkas 2 ga o’ralgan bir necha o’n yoki 
    yuzlarcha ingichka sim o’ramlardan iborat va ikkita spiral prujina 4 yordamida burilishdan saqlab 
    turiladi. 
    4.2-rasm. Magnitoelektrik sistemadagi o’lchash mexanizmi: 
    a- ishlash prinsipi; 
    b- tuzilish sxemasi. 
    Havoli bo’shliqda ramkaning aktiv tomonlari harakatlanayotgan qismda magnit maydoni 
    bir tekis bo’lib, shu qismning hamma nuqtalarida radial joylashgandan ramka burilgan sari uning 
    aktiv tomonlari hamma vaqt maydonga perpendikulyar ravishda aylanadi va ramka ta’sir qiluvchi 
    kuchlar kattaligi ramka aylanganda o’zgarmaydi. Shuning uchun ramkaning aylanishi bilan 
    aylantiruvchi moment kattaligi o’zgaramaydi va asbob shkalasi tekis bo’lingan bo’ladi.
    Asbobning ramkasi kuchli magnit maydonida joylashganligi uchun ham unga tashqi magnit 
    maydonlarining ta’siri amalda sezilmaydigan darajada bo’ladi. Bunday asbob o’ta sezgir bo’lib 
    unda maxsus tinchlantirgichga ehtiyoj qolmaydi.
    Strelkaning muvozanat vaziyati atrofidagi tebranma harakatini so’ndirish quyidagicha sodir 
    bolabi. Harakatlanuvchi qismining har qanday harakatida alyuminiy karkas 2 ni kesib o’tuvchi 
    magnit oqimi o’zgaradi va karkasda e.y.k. hosil bo’ladi. Karkas qisqa tutashgan o’ram bo’lganidan
    e.y.k. ta’sirida I tok oqa boshlaydi, bu tok o’zining magnit maydonini hosil qiladi. Lens qoidasiga 
    asosan bu maydonning magnitaviy maydon bilan o’zaro tasir natijasida hosil bo’lgan F
    т
    kuchlar 
    harakatlanuvchi qismini harakatga keltiradigan kuchlarga teskari yo’nalgan bo’ladi va shu sababli
    strelkaning tebranishlari tez so’nadi.
    Asbobning to’k bo’yicha sezgirligi deganda shu asbob harakatlanuvchi sistemaning 
    o’lchanayotgan tok birligiga muvofiq keladigan burilish burchagi tushununiladi
    I
    S


    1
    α 


    60 
    bu yerda, S
    1
    -asbobning to’k bo’yicha sezgirligi; 
    α - harakatlanuvchi sistemadan tok o’tganda sistemaning burilish burchagi.
    Sezgirlikka teskari quyidagi kattalik

    I
    C

    1
    burilish burchagi birligiga mos keluvchi tokni ifodalaydi va tok bo’yicha konstanta deyiladi. 
    Tok yo’nalishi o’zgarishi bilan aylantiruvchi moment yo’nalishi o’zgaradi asbob strelkasi 
    chapga buriladi. Shuning uchun ham magnitoelektrik sistemadagi asboblar o’zgaruvchan tok 
    zanjiridagi bevosita ishlatib bo’lmaydi.
    Bu asboblarning quyidagi afzalliklari bor:
    shkalasi tekis bo’lingan ; 
    aniqligi yuqori ( 0,05 aniqlik klassigacha ) ;

    Download 5,37 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   286




    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ELЕKTR O’LChAShLAR VA ELЕKTR O’LChASh PRIBORLARI

    Download 5,37 Mb.
    Pdf ko'rish