65
4.7-rasm. Havoli tinchitgich
Magnitoinduksion tinchitkich (4.6-rasm) 1 doimiy magnit qutblari orasidagi sektor shaklli 2
metall plastinkadan iborat. Plastinka o’lchov mexanizmi qo’zg’aluvchan qismning 3 o’qiga
o’tkazilgan. Plastinka doimiy magnitning magnit maydonida harakalantirilganada plastinkada
uyurma toklar paydo bo’ladi. Uyurma toklarning doimiy magnit maydoni bilan o’zaro ta’sir qilishi
natijasida shunday kuchlar paydo bo’ladiki, bu kuchlar Lens qonuniga binoan plastinkaning
siljishiga to’sqinlik qilib, o’lchov mehanizmi qo’zg’aluvchan qismi tebranishlarining so’nishini
tezlashtiradi.
Havoli tinchitkich (4.7-rasm) ichiga yengil 1 qanot-plastinka joylashtirilgan 2 kameradan
iborat. Qanotning bir cheti asbob qo’zg’aluvchan qismning 3 o’qiga mahkamlangan. Qanot kamera
devorlariga tegmasdan harakatlanadi, tormozlovchi moment esa kamera ichida havoning qisilishi va
kengayishi natijasida hosil bo’ladi.