99
katta kuchlanishdagi toklarni o‘lchashda esa – parallel ulanadi. Ferrodinamik ampermetrlar
konstruksiyasi bo‘yicha chidamli va ishonchli, tashqi magnit maydon tak’siriga kam beriluvchan.
Ular ferrodinamik o‘lchash asboblaridan tuzilgan va asosan o‘zi yozuvchi ampermetrlar sifatida,
avtomatik nazorat tizimlarida qo‘llaniladi.
Har bir ampermetr o‘lchanadigan kattaliklarni ma’lum bir maksimal qiymatiga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Biroq ko‘pincha shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, qiymatlari o‘lchash
asboblari chegaralaridan katta bo‘lgan o‘lchashlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. SHunga qaramay,
ushbu asbob bilan o‘lchash chegaralarini xamisha kengaytirish imkoni mavjud. Buning uchun
ampermetrga parallel ravishda, o‘lchanadigan tokni bir qismi o‘tuvchi sim o‘tkazgich tutashtiriladi.
Ushbu o‘tkazgichning qarshilik qiymati shunday hisoblanadiki, ampermetr orqali o‘tuvchi tok kuch
uni maksimal yo‘l qo‘yiladigan qiymatidan oshmasligi kerak. Bunday qarshilik shuntlovchi
qarshilik deb ataladi. Masalan, tok kuchi 1 A gacha mo‘ljallangan ampermetrda 10 marotaba katta
bo‘lgan tok kuchini o‘lchash uchun unga shuntning qarshiligi ampermetr qarshiligidan 9 marta kam
bo‘lgan shuntlovchi qarshilik ulanishi kerak. Vaxolanki, bunda darajalash bahosi 10 marotaba
ko‘payadi, aniqlik esa shuncha pasayadi.