HARORATGA BOG‘LIQLIGI Ishdan maqsad: Talabalarni yarimo‘tkazgichli termometr bilan ishlash bo‘yicha malaka va
ko‘nikmalarini oshirish.
Vazifa: Yarim o‘tkazgich qarshiligining haroratga bog‘liqligini o‘rganish
Asbob va uskunalar: turli xildagi yarimo‘tkazgichlar, yarimo‘tkazgichlar qarshiligining
haroratga bog‘liqligi o‘rganish bo‘yicha qurilma.
YArimo‘tkazgich qarshiligining haroratga bog‘liqligini o‘rganish uchun maxsus o‘lchash
asbobi.
Nazariy qism YArimo‘tkazgich – o‘zini o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ko‘ra o‘tkazgichlar va elektr tokini
o‘tkazmaydigan moddalar – dielektriklar orasidagi oraliq o‘rinni egallaydigan moddalardir (5.1-
rasm). YArimo‘tkazgichlarning asosiy xossalaridan biri haroratni oshib borishi bilan elektr
o‘tkazuvchanligining ortib borishi hisoblanadi.
5.1-rasm. YArimo‘tkazgich asboblarni umumiy ko‘rinishi.
Nima uchun aynan yarimo‘tkazgichli diod, tranzistor yoki tiristorlar bunday xossani o‘zida
namoyon qiladi? SHuning uchunki, ushbu radioelektronika elementlarining negizini
yarimo‘tkazgichlar – ham elektr tokini o‘tkazishga va ham uni o‘tishiga to‘siqlik qiluvchi moddalar
tashkil etadi. Radiotexnikada qo‘llaniladigan bunday yarimo‘tkazgichli elementlar juda ko‘p
bo‘lishiga qaramasdan (germaniy, kremniy, selen, mis oksidi va boshqalar), biroq yarimo‘tkazgichli
asboblarni tayyorlash uchun asosan kremniy (Si) va germaniy(Ge)elementlaridan keng miqyosda
foydalaniladi.
YArimo‘tkazgichlarning xossalari O‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi uni o‘rab turgan atrof-muhitning haroratga bog‘liq
bo‘ladi. Mutlaq nolga yaqin bo‘lgan (-273°S) juda past haroratda yarimo‘tkazgichlar elektr tokini
o‘tkazmaydi, haroratni ko‘tarilishi bilan esa ularni tokga qarshiliklari kamayadi. Agar
yarimo‘tkazgichlarga
yorug‘lik
yo‘naltirilsa,
unda
elektr
o‘tkazuvchanlik
ortadi.
109
YArimo‘tkazgichlarni ushbu xossalaridan foydalangan holda fotoelektrik asboblar yaratilgan.
SHuningdek yarim o‘tkazgichlar yorug‘lik nurini elektr tokiga aylantirib berish xususiyatiga ega,
misol tariqasida quyosh batareyalarini keltirish mumkin. Sof yarimo‘tkazgichlarga ma’lum bir
miqdorda aralashma qo‘shilsa ularni elektr o‘tkazuvchanligi keskin ortadi.