105
4.2-rasm. Turli ko‘rinishdagi
doimiy rezistorlar
Qarshilik qiymatlari odatda rezistorlarning yuza qismida ko‘rsatiladi. Kichik gabaritli
rezistorlarni tamg‘alash (markirovka) uchun harf-raqamli koddan yoki ranglar yo‘l-yo‘lliklardan
tuzilgan rangli koddan foydalaniladi. Harfli-raqamli koddan foydalanilganda rezistorlar qarshiliklari
o‘lchash birligini ko‘rastgan xolda, raqamlar bilan belgilanadi. Quyidagicha xarflar bilan ifodalash
qabul qilingan: R - om, K - kiloom, M-megaom.
Rezistorlarning nominal qiymatidagi xatoliklar
Rezistorlar tayyorlash texnologiyasining takomillashmagani oqibatida ularning qarshiliklari
berilgan (nominal) qiymatdan farqlanib turadi. Sanoatda qarshiliklarning yo‘l qo‘yiladigan
og‘ishlaridagi ±5%, ±10%, ±20% keng qo‘llaniladigan rezistorlar chiqariladi.
SHuning uchun
rezistor korpusda va pasportida nominal qiymat bilan bir qatorda yo‘l qo‘yiladigan og‘ishlarning
chegaralari ko‘rsatiladi. Bunda 12k ±5% ko‘rinishdagi yozuv rezistor qarshiligining nominal
qiymati 12 kOmni tashkil etishini anglatadi. Haqiqiy qiymatlari
esa nominaldan farq qilishi
mumkin, biroq ±0,6 kOm (12kOm dan ±15% ga) ko‘p bo‘lmagan holda.
Rangli bo‘lgan tamg‘alashdan (markirovkalashda) foydalanilganda rezistor nominalini og‘ishi
aloxida yo‘l-yo‘llikda belgilanadi (maqola ostidagi jadvalga qarang).
O‘lchashda qo‘llaniladigan radioelektron qurilmalarda yuqori aniqliklardagi rezistorlardan
foydalaniladi. Bunday rezistorlar prezitsion rezistorlar deb ataladi.