114
2.Tarmoqda qurilma yoqilgan holatda stend va ta’minlovchi blok qopqog‘ini echish
ta’qiqlanadi.
3. Qurilmada ishlashda stendni elektr tokiga va quyi platformani stend bilan bog‘lovchi kabel
birikish joylarida qattiq maxkamlanishi shart.
4. Qurilmani albatta erga ulanishi lozim (zazemlenie).
Ishni bajarish tartibi
1. Laboratoriya stendi kuchlanishi 220V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda ishlaydi. Ishni
xavfsizligi uchun va texnika xavfsizligiga muvofiq stendni erga tutashtirish (zazemlenie) qilish
lozim.
2. Bajariladigan ishlarga dastavval nazariy tayyorgarlik ko‘rish kerak, tadqiq qilinadigan
sxemani chizish va o‘rganish lozim, mohiyatni tushunish, o‘rganilayotgan yarimo‘tkazgich elementi
haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish shart.
3. Termostat haroratini xona xaroratidan past darajada, taxminan 20-25 gradusda o‘rnatish
lozim, bundan maqsad qurilmani ulashda qizdirish elementini ishga tushib ketishini oldini olishdan
iborat.
4.Qurilma ta’minotini «Vkl» tumbleri yordamida yoqish kerak.
5. Asbobni dastlabki ko‘rsatkichini 5.1-jadvalga yozing.
5.1-jadval
Laboratoriya ishidagi o‘lchashlarni natijalari
Xarorat,
T
o
S
Solishtirma
qarshilik,
ρ, om*m
6. Termostat haroratini xona xaroratidan boshlab maksimal xaroratgacha oshirib borishdagi
solishtirma qarshilik qiymatlarini kursatishlarini yozib oling va haroratni pasayib borishida
solishtirma qarshilik qiymatlarini yozib oling.
7. Asbobni barcha ma’lumotlarini yozing va yarimo‘tkazgich qarshiligining element
haroratiga bog‘liqligi grafigini chizing.
8. O‘lchash natijalarini «T» va «R»regulyatorlar yordamida registratorga kiriting.
9. «T» regulyatorlar yordamida termometr ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar o‘rnatiladi,
«R» yordamida esa ommetr ko‘rsatkichining qiymatlari belgilanadi.
10. Ma’lumotlar kiritilgandan keyin, registratordagi tugma bosiladi va ma’lumotlar kompyuter
bazasiga kiritiladi.