116
Multimetr DT830 o‘zgaruvchan kuchlanishni atiga ikkita: 750 va 200 o‘lchash oraliqlari
ega, tabiiyki, garchi asboblarla faqat raqamlar yozilsada, bu voltlarda. SHunday qilib agar
rozetkada kuchlanishni o‘lchash talab qilinsa 750 oraliq, boshqa holatlarda esa 200 tanlanadi.
Bunda shunday nozik vaziyatga e’tibor qaratish lozim: o‘zgaruvchan kuchlanish 50...60 Gs
chastotadagi sinusoidal shaklda bo‘lishi kerak, faqat shu holatda o‘lchash aniqligi qabul qilinuvchan
bo‘ladi.
Agar o‘lchanadigan kuchlanish to‘g‘ri burchakli yoki uch burchakli shaklga ega bo‘lsa,
hamda chastotasi 50 Gs dan hech bo‘lmaganda 1000…10000 Gs bir qancha yuqori bo‘lsa, unda
displeyda ko‘rsatkich, albatta, namoyon bo‘ladi, biroq ular nimani bildirishi noma’lum bo‘lib
qoladi. Bu erda ishonch bilan aytish mumkinki, o‘zgaruvchan tok mavjud, sxema ishlab turgandek.