113
o‘rnatilgan). Kamera o‘rnatilgan spirallar yordamida qiziydi, va kamera ichida doimiy haroratni
ta’minlab beradi. Diodni uchlari biriktiruvchi sim bilan qarshilikni o‘lchash uchun mo‘ljallangan
o‘lchash asbobiga ulangan. Kerak bo‘lgan haroratni termostatning mexanik indikatorini
yuqoridagi va pastdagi «+» va «-» tugmalarini bosish yo‘li bilan o‘rnatiladi. O‘rnatilgan haroratga
erishgach, termostat qizdiruvchini ta’minlovchi zanjirdan avtomatik ravishda uzadi. Termostat
taxminan 3-4 darajada bo‘lgan gisterezis haroratga ega. Kamera ichidagi harorat termostatni
raqamli tablosida indeksatsiya qilinadi.
Qizdiruvchi uchun ta’minot manbai, konvertor chiqishi orqali amalga oshiriladi. Konvertor
doimiy kuchlanish +12 V ni ishlab beradi. Bundan tashqari konvertor chiqishida asbob
parametrlarini registratoriga doimiy tok signali berish uchun va asbob ko‘rsatkichini uzatish uchun
doimiy tok signalini yaratuvchi regulyator uchun kuchlanish olib tashlanadi.
5.5-rasm.Laboratorya qurilmasini umumuiy ko‘rinishi.
5.6-rasm. Qurilmaning prinsipial sxemasi.
Laboratoriya qurilmasi to‘plangan axborotlarni kompyuterning ma’lumotlar bazasiga
kiritishga imkon beradi. Buning uchun, o‘lchashlar tugagandan so‘ng barcha ma’lumotlar “T”
harorat va “R” qarshilik dastaklari yordamida registratorga kiritiladi. Bundan keyin esa,
registratordagi tugmani bosish kerak va barcha ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi.