111
5.4-rasm.YArimo‘tkazgichda elektronlar va teshiklarni
ko‘chib yurishlarining yo‘nalishi.
Agar yarimo‘tkazgichga ba’zi bir kuchlanishni, «+» va «-» kontaktlarini qo‘shilsa
u holda
unda tok paydo bo‘ladi. Issiqlik hodisasi oqibatida, yarimo‘tkazgich kristallarida atomlar orasidagi
bog‘lanishlardan elektronlarni bir qancha miqdori xalos bo‘ladi (5.4-rasm, strelkali sharchalar).
Elektronlar, kuchlanish manbaining musbat qutbiga tortilish bilan, o‘zidan teshik qoldirgan holda
u tomonga siljiydi. Ya’ni, tashqi elektron maydon ta’sirida zaryad tashuvchilar yo‘naltirilgan
harakatni ba’zi bir tezligiga ega bo‘ladi va bu bilan elektr tokini hosil qiladi.
Masalan: kuchlanish manbaining musbat qutbiga hammasidan yaqinroq joylashgan, xalos
bo‘lgan
elektron, ushbu qutblarga intiladi. Atomlar orasidagi bog‘lanishni uzgan va undan chiqib
ketgan elektron o‘zidan keyin teshik qoldiradi. Musbat qutbdan bir qancha uzoqda joylashgan
boshqa bo‘shagan elektron ham qutblarga intiladi va
u tomonga qarab harakatlanadi, biroq o‘z
yo‘lida teshikka duch kelib, unga atom yadrosi bilan tortiladi, bunda atomlar orasidagi bog‘liqlik
tiklanadi. Ikkinchi elektrondan keyin yangi teshik hosil qilgach, ushbu
teshik bilan bir qatorda
bo‘lgan uchinchi xalos bo‘lgan elektronni to‘ldiradi (5.4-rasm, 1). O‘z navbatida manfiy qutbga
yaqinroq turgan teshiklar boshqa xalos bo‘lgan elektronlar bilan to‘ldiriladi (5.4-rakm, 2). Shunday
tartibda yarimo‘tkazgichda elektr toki vujudga keladi.
Yarimo‘tkazgichda elektr maydoni mavjud bo‘lsa bu jarayon muttasil davom etadi: atomlar
orasidagi bog‘liqlik buziladi - erkin elektronlar shakllanadi –teshiklar hosil bo‘ladi. Teshiklar erkin
elektronlar bilan to‘ldiriladi - atomlar orasidagi bog‘lanish
tiklanadi, bunda boshqa atomlar
orasidagi aloqalar uzilada, ulardan elektronlar ketib qoladi va keyingi teshiklarni to‘ldiradi (5.4-
rasm, 2-4).
Bundan shunday xulosa chiqaramiz: elektr maydonining yo‘nalishi mavjud bo‘lganda
elektronlar kuchlanish manbaining manfiy qutbidan musbatga qutbiga qarab harakatlanadi, teshiklar
esa musbat qutbdan manfiy qutbga tomon siljiydi.