110
O‘z navbatida, har bir atomning oxirgi elektron qatlami sakkizta elektronni o‘z tarkibida
ushlab turadi : bulardan to‘rtta elektron atomning o‘ziga tegishli bulgan elektronlar va kolgan
turttasi esa qo‘shni atomlarga tegishli bo‘lgan elektronlar hisoblanadi. Bu erda endi qaysi valentli
elektron “o‘zini” atomida, qaysini “begona” farqlab bo‘lmaydi, chunki ular umumiy bo‘lib qolgan.
Germaniy va kremniy kristallarini barcha massasi bo‘ylab atomlarni bunday bog‘lanishlarida
yarimo‘tkazgich kristali katta kristall panjarani hosil qiladi.