O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti




Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/286
Sana16.05.2024
Hajmi5,37 Mb.
#236914
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   286
Bog'liq
katta kitob

3. Metrologik tavsiflarni aniqlash 
Metrologik tavsiflarni aniqlashni qiyoslanayotgan termometr ko‘rsatkichining etalon 
termometr ko‘rsatkichi bilan bevosita solishtirish usulida aniqlanadi. Buning uchun ikkala 
termometr quyidagi: -50; 0; +50; +100; +150; +199.90; +250; +300 ºS haroratdagi issiqlik 
eltuvchilari bo‘lgan suyuqlik termostatlarga joylashtiriladi. Termometrlarni ko‘rsatilgan 
qiymatlardan ±1ºS ga og‘ishiga yo‘l qo‘yiladi, bundan 0 va +199.90ºS nuqtalar istis’no qilinadi. 
0ºS nuqtada issiqlik elituvchini haroratlarida manfiy (-) tomonga og‘ishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
+199.90ºS nuqtada issiqlik elituvchini haroratlarida musbat (+) tomonga og‘ishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
3.1 Manfiy harorat oblastida termometrni mutlaq xatoliklarini aniqlash.
3.1.1 -50 dan 0ºS gacha diapazondagi issiqlik elituvchining haroratlarini ushlab turishni 
ta’minlovchi, past haroratli termostat (masalan, «Termotest-05-02») yoqiladi. Termostatga, uni 
yordamida etalon bo‘lgan va qiyoslanadigan termometrlar issiqlik elituvchi joylashadigan kaseta 
o‘rnatiladi. Termostatni issiqlik elituvchini haroratlari (-50±1) ºS ga teng rejimga o‘tkaziladi. 
Issiqlik elituvchini harorati etalon termometr ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilib turiladi.


143 
3.1.2 Termometr datchigi issiqlik elituvchiga 75 mm. dan kam bo‘lmagan chuqurlikda 
botiriladi. Ikki minut muddat o‘tgandan keyin, 30 sekund vaqt oraliqlarida etalon bo‘lgan va 
qiyoslanadigan termometrlardan 10 tadan kam bo‘lmagan ko‘rsatkich olinadi. O‘lchash natijalarini 
jadvalga kiritiladi. Termometr ko‘rsatkichlarini o‘rtacha qiymatlari aniqlanadi va ular orasidagi 
farqlar hisoblab chiqiladi.
3.1.3 Termostatning issiqlik elituvchisi haroratlarini 0 dan +1 ºS gacha ushlab turuvchi 
rejimga o‘tkaziladi. Issiqlik elituvchini harorati etalon termometrni ko‘rsatkichlari bilan nazorat 
qilinadi. Qiyoslash 3.1.2-bandda bayon etilgandek amalga oshiriladi. 
3.2.Termometrni mutlaq xatoliklarini 0 dan+100 ºS gacha diapazonda aniqlanadi.
3.2.1 Issiqlik elituvchining haroratini 0 dan +100 ºS gacha diapazonda quvvatlab turishini 
ta’minlab beruvchi termostat (masalan «Termotest-100») yoqiladi. Termostatga termometr uchun 
kaseta o‘rnatiladi.
3.2.2. 3.1.2 bandda bayon etilgandek +50 va +100 ºS haroratlarda qiyoslash amalga 
oshiriladi. 
3.3 Termometrni mutlaq xatoliklarini +100 dan +300 ºS gacha bo‘lgan diapazonda
aniqlash.
3.3.1 Issiqlik elituvchini haroratini +100 dan +300 ºS gacha bo‘lgan diapazonda ushlab 
turishni ta’minlab beruvchi termostat (masalan «Termotest-300») yoqiladi. Termostatga
termometr uchun kaseta o‘rnatiladi (Davlat standarti ilovalarida taqdim etilgan kasetalardan 
jamlangan kaseta).
3.3.2 3.1.2 bandda bayon etilgan usul bo‘yicha +150, +199,90, +250 va +300 ºS 
haroratlarda qiyoslash amalga oshiriladi. 
3.4. Agar termometr xatoliklari 50 dan +199,99 ºS gacha diapozonda 0.05 ºS moduldan
oshmasa va +200 dan +300 ºS gacha diapozonda 0.2ºS moduldan oshmasa qiyoslash natijalari 
ijobiy hisoblanadi. Agar termometr xatoliklari 50 dan +199,99 ºS gacha diapozonda 0.05 ºS 
moduldan va o‘ziga xos ravishda, +200 dan +300 ºS gacha bo‘lgan diapazonda 0.2ºS dan oshsa, 
unda qiyoslanuvchi uslubiyat bo‘yicha temometrni individual koeffitsientlari bilan to‘g‘rilanadi.
Darajalashtirish koeffitsienti to‘g‘rilangandan so‘ng, termometrni metrologik tavsifini aniqlashni 
qayta o‘tkazish kerak. Agarda termometrni mutlaq xatoliklari to‘g‘rilangandan keyin ham 50 dan 
+199,99 ºS gacha diapozonda 0.05 ºS moduldan va o‘ziga xos ravishda, +200 dan +300 ºS gacha 
bo‘lgan diapazonda 0.2 ºS oshsa, unda termometr yaroqsiz deb topiladi.

Download 5,37 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   286




Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti

Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish