|
O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika institutiBog'liq katta kitob1. Qiyoslashni o‘tkazish
Tashqi ko‘rik.
Termometrni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagilar tekshiriladi:
- foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq butlanganligi, mexanik shikastlanishlarni
bo‘lmasligi;
- foydalanish xususiyatlarini yomonlashtiruvchilarni yo‘qligi;
- markalanishini va yig‘ilishlarini to‘g‘riligi.
Belgilab qo‘yilgan talablarni qoniqtirmaydigan termometrlar yaroqsiz deb hisoblanadi va uni
keyingi qiyoslash operatsiyalari o‘tkazilmaydi.
2. Namunalash
Termometr ko‘rsatkichi xona haroratida ixtiyoriy vaziyatda o‘rnatiladi va bevosita
termometrni butlovchilari majmuasiga kiradigan biron-bir kabel-biriktiruvchi orqali elektron
blokga ulanadi. Ikki minut o‘tgach termometrni ishlash qobiliyati tekshiriladi. Keyin termometr
issiq suvli idishga solinadi va ikki minut o‘tgach yana termometrni ishlash qobiliyati tekshiriladi.
Termometrni butlovchilari majmuasiga kiradigan bog‘lovchi kabel bilan termometr kompyuterga
ulanadi. Termometrni butlovchilari majmuasiga kiruvchi «ThermoChart» dasturi yordamida ,
avvalgi qiyoslashda o‘rnatilgan termometrni induvidual darajalashtirish koeffitsenti hisoblab
chiqiladi, va ularni qiyoslash guvonomasida ko‘rsatilgan bilan solishtiriladi («ThermoChart»
dasturi bilan ishlash tartiblari Davlat standartlarida ilova qilinadi).
Asbob keyingi qiyoslashlarga yaroqli deb topiladi, qachonki:
− datchik joylashgan muxitda termometr harorat o‘zgarishlariga sezuvchan bo‘lsa va raqamli
indekslashtirish tavsiflari foydalanish bo‘yicha qo‘llanmada ko‘rsatilganga muvofiq bo‘lsa;
− termometrning individual darajalashtirish koeffitsientlari uni qiyoslash haqidagi
guvohnomasida ko‘rsatilganlarga muvofiq kelsa.
Agar termometrni individual darajalashtirish koeffitsientlari uni qiyoslash haqidagi
guvohnomasida ko‘rsatilgan qiymatlaridan farqlansa, unda qiyoslash to‘xtatiladi va termometr
yaroqsiz deb topiladi. Keyingi qiyoslash, uslubiyat bo‘yicha muttaxassislar ishtirokida, individual
darajalashtirish koeffitsientlariga yangi qiymatlar kiritilgandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
|
| |