Monometrik termometrlar Manometrik termometrlar gazlarni (havo, ammiak, karbonat angidrid gazi, oltingugurt, metan
va boshq.) bosim qiymatlarini o‘zgarishi asosida ob’ektning haroratini o‘lchash uchun
mo‘ljallangan. Manometrik termometrlarni analogik bo‘lgan boshqa harakat prinsipdagi
uzatgichlar bilan taqqoslagandagi ustivorliklariga parametrlarni masofadan turib o‘lchashlarda
qo‘shimcha energiya manbaidan foydalanmaslik imkoniyatlari; konstruksiyasini soddaligi va
ishlatilayotganda katta ishonchliligi; shkalasini bir tekisdaligi; portlash xavfini mavjud emasligi;
tashqi elektr magnit maydoniga sezuvchanligi yo‘qligi kiradi.
Manometrikik termometrlar (1.4-rasm) germetik yopiq termosistemadan (termoballon, ulovchi
masofaviy kapillyar, egiluvchan sezgir element) hamda ko‘rsatuvchi yoki yozib oluvchi qurilmadan
tuzilgan. Manometrik termometrlar termostatlarni to‘ldiruvchilariga qarab uch turda tayyorlanadi:
gazli - azot bilan; suyuqlikka xos – polimetilsiloksanli suyuqliklar bilan; kondensatsion (bug‘-
suyuqlili)
-
atseton,
metil,
freon
xloridi
bilan.
1.4-rasm. Manometrik termometr qurilmasini sxemasi:
1 -termoballon; 2 - quyruqcha; 3 - kapillyar; 4 – manometrik trubka (prujina); 5 – tishchali
g‘ildirak, mil bilan biriktirilgan; 6 – spiralli prujina, tishchali ilintirgichdagi lyuftni bartaraf etishga
xizmat qiluvchi; 7 –tortish uchun mo‘ljallangan o‘q (tyaga); 8 –tishli sektor.
Termoelektrik termometrlar Termoelektrik termometr deb himoya armaturasi bilan ta’minlangan termoparaga aytiladi.
Termoparalarni ishlash prinsipi quyidagilarga jamlangan: Agar ikkita turli xildagi sim
o‘tkazgichlardan yopiq zanjir tashkil etilsa va uni biror qo‘shilish joyi (spay) qizdirilsa, unda elektr
toki vujudga keladi. Turli xildagi sim o‘tkazgichlar- A va V termoelektrodlardan tarkib topgan
yopiq bo‘lgan elektr zanjiri (1.5a-rasm) termoelement (termopara) hosil qiladi. O‘lchanadigan