O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti




Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/286
Sana16.05.2024
Hajmi5,37 Mb.
#236914
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   286
Bog'liq
katta kitob

Kengayish termometrlari 
Kengayish termometrlari uchta guruxga bo‘linadi:


133 
- suyuqlikli termometrlar
- dilatometrik termometrlar; 
- bimetalli termometrlar. 
Suyuqlik termometrlarni ishlash prinsipi asosan o‘zgaruvchan haroratlarda moddani 
issiqlikdan kengayish xossalariga asoslangan. Bunday holatda haroratni aniqlash kapillyar trubkada 
suyuqlik hajmini ko‘rinuvchi o‘zgarishlari kattaligi bo‘yicha olib boriladi. Termometrik suyuqlik 
sifatida simob, etil spirti, kerosin, toluol, pentan qo‘llaniladi. Haroratni o‘lchash dapazoni -260
dan +600°S gacha oraliqni tashkil etadi. Suyuqlik termometrlarning kamchiliklariga ularni 
nozikligi, atrof-muxitni ifloslashi mumkinligi, ta’mirlashga yaroqsizligi kiradi. Mexanik 
talofotlanishdan himoyalash uchun termometrlarga himoyalash armaturalari ishlab chiqilgan.
1.1-rasm. Suyuqlikga xos shishadan qilingan kengayish termometrlari: 
a, b - texnik; g – laboratoriyaga xos kimyoviy; v –yog‘ochli, ikki kontaktli , burchakli 
elektrotermoregulyator; d –kontaktga xos termometr. 
 
Dilatometrik va bimetallik termodatchiklar. 
Dilatometrik va bimetalli termodatchiklar 
binolardagi havo haroratini signallashtirish va boshqarish uchun, hamda suyuq va gazsimon 
muxitni nazorat etib turish uchun mo‘ljallangan (havo, suv va boshq.). Dilatometrik termometrlarni 
ishlash prinsipi metall stejenlarni chiziqli o‘lchamlarini o‘zgarishi asosida muhitning haroratini 
aniqlashga asoslangan.
Haroratni o‘lchash diapazoni --150
o
S dan +1000°S gachani tashkil etadi. 
Bimetalli termometrlarni ishlash prinsiplari kegayishning harorat koeffitsientlari turlicha 
bo‘lgan ikki metalldan tashkil topgan plastinkalarni bukilishlarini o‘zgarishi asosida haroratni 
aniqlashga asoslangan.
Haroratni o‘lchash diapazoni -100 dan +600°S gacha. 
Rele –datchiklari ko‘rsatkichli asbob emas, aksincha kontaktlarni ishlashida haroratni 
ko‘rsatish shkalasiga ega. Dilatometrik termometrlarni sezuvchan elementi asosan chiziqli 
kengayish haroratini katta koeffitsieti mavjud bo‘lgan (latun, alyuminiy va boshq.) metaldan 
tayyorlangan turbkadan (1.2-rasmga qarang) hamda truba ichida joylashgan kengayishi kichik 
bo‘lgan metaldan (maslan invar) yasalgan 2 ta serjendan tuzilgan. Asbob trubkasi nazorat 
qilinayotgan muhitga joylashtiriladi. Muxit haroratini o‘zgarishiga bog‘liq xolda sterjenning chiziqli 
uzunligi


134 
1.2-rasm. Dilatometrik termometrlarni tuzilishi. 
o‘zgaradi va shu asosda muhitning harorati aniqlanadi.
Bimetalli kuzatgichlarda, sezuvchan element sifatida uzunligi bo‘yicha ikkita kavsharlangan,
haroratga xos chiziqli kengayish koeffitsenti turlicha (masalan misdan, va invardan) bo‘lgan 
metallik plastinalar - 1,2 (1.3-rasm) tarkib topgan plastina va spiraldan foydalaniladi.
Muhit haroratini o‘zgarishida bimetalli plastinka (spiral) uzatgichni sezuvchan elementini 
aralashtirgan xolda yoki kontaklarni qayta ulash bilan buklanadi.
11.3-rasm. Bimetalli termometrlarni tuzilishi. 
Ishlab chiqarishda ikki pozitsiyali bo‘lgan DTKB (bimetalli) turdagi va TUDE (dilatometrik) 
turdagi, shuningdek uch pozitsiyali bo‘lgan TB-EZK (bimetalli) turdagi termodatchiklardan 
foydalaniladi.
Barcha modifikatsiyadagi dilatometrik va bimetalli termodatchiklar istalgan holatda montaj 
qilinadi (vertikal, og‘ma, gorizontal). DTKB turidagi bimetalli kameraga xos datchiklar poldan 
1,8...2 m balandlikda o‘rnatiladi.
Quvur o‘tkazgichda muhit haroratini o‘lchashda dilatometrik termometrni sezuvchan 
elementining o‘rtasi oqim o‘qi bilan muvofiq kelishi darkor. Zarur bo‘lganda sezuvchan element 
gilzaga joylanadi, lekin bunda termometrni issiqlik inersionligi kuchli o‘sib boradi. Bimetalli rele- 
datchiklarni chuqurchalarga va turli dekorativ elementlar orqasiga o‘rnatish kerak emas, ular asbob 
yaqinida havoni me’yorda aylanishlariga to‘siqlik qiladi, o‘lchash xatoliklarini muxim darajada 
oshirib yuboradi. SHuningdek Bimetalli rele - datchiklarni tashqi issiqlik manbai ta’siri mavjud 
bo‘lgan joylarda (isitgich batareyalari, quyosh radiatsiyasi va sh.o‘.) o‘rnatilmaydi. Asbobdan 
devorgacha bo‘lgan masofa 50...70 mm.dan kam bo‘lmasligi kerak. Montaj qilishda va 
foydalanishda asbob atrofida havoni erkin almashinishi, atrof-muxitni nisbiy namligi - 30...80 % 
bo‘lishiga e’tibor berish lozim. 


135 
Bimetalli termometrlar xona haroratini o‘lashda juda keng tarqalgan. Termometrni asosiy 
xatoliklari boshqaruv diapozonidan 1-3% ni tashkil etadi. Bimetalli termometrlarni asosiy 
kamchiliklaridan biri bo‘lib, individual darajalanishni talab qilinishi sanaladi, u namunaviy 
termometr ko‘rsatkichlarini taqqoslash yo‘li bilan olib boriladi, bu esa sezuvchan bimetall 
plastinkalarni tezda almashtirishga imkon bermaydi.
Termodinamik datchiklarga texnik xizmat ko‘rsatish - metrologik xizmati o‘rnatilgan grafik 
bzyicha davriy ko‘rikdan o‘tkazib turish va ko‘rsatilgan aniqlik sinfiga mos kelishini tekshirib 
turishdan iborat.

Download 5,37 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   286




Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti

Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish