O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83
Bog'liq
PTE uz

14-bob. Bo’luvchi punktlar 
179. Poezdlar harakati, uni bo’luvchi punktlar bilan chegaralash orqali amalga oshiriladi. 
Stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib o’tish punktlari va yo’l postlari, avtoblokirovkaning o’tish 
svetoforlari bo’luvchi punktlar hisoblanadi. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida 
qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasida blok-uchastkalarning chegaralari ham 
bo’luvchi punktdir. 
180. Quyidagilar stansiya chegaralari hisoblanadi: 
bir yo’lli uchastkalarda – kirish svetoforlari; 
ikki yo’lli uchastkalarda har bir asosiy yo’lga alohida bir tarafdan - kirish svetofori, 
ikinchi tarafdan-so’nggi chiqish strelka o’tkazgichdan keyin kamida 50 m masofada o’rnatilgan 
«Stansiya chegarasi» yozuvli signal belgisi. 
Ikki taraflama avtoblokirovkalar bilan jihozlangan, shuningdek, noto’g’ri yo’ldan 
poezdlarni qabul qilish uchun kirish svetoforlari o’rnatilgan ikki yo’lli uchastkalarda har bir 
alohida asosiy yo’l uchun kirish svetoforlari stansiya chegarasi hisoblanadi. 


42 
181. Har bir bo’luvchi punkt, yordamchi post va yo’lovchi to’xtash punkti nomi va 
raqamiga ega bo’lishi kerak. Nom tashqi tomondan yo’lovchilar binosida, poezdlar keladigan 
ikki tarafdan, kerak bo’lsa yo’lovchilar platformasining oxirlarida joylashtirilishi kerak. 
Shahar atrofida qatnaydigan poezdlarning jadal qatnovchi uchastkalarida joylashgan 
yo’lovchilar to’xtash punktida punkt nomi, bundan tashqari, yo’lovchi platforma bo’ylab bir 
necha joylarda ko’rsatilishi kerak. 
182. Temir yo’llar: peregonlardagi asosiy yo’llar, stansiya yo’llari (chunonchi, 
stansiyalardagi asosiy yo’llar) va maxsus yo’llarga bo’linadi. 
DATK boshqa korxona va tashkilotlari tasarrufida bo’lganlaridan tashqari, stansiya 
xududidagi barcha yo’llar stansiya boshlig’ining ixtiyorida bo’ladi. 
183. Stansiyadagi har bir yo’l, srelkali o’tkazgich, stansiya markazlashtirish posti va 
strelkali post, peregonlarda esa har bir asosiy yo’l nomerga ega bo’lishi kerak. 
Bir stansiya hududida yo’llar, strelkali o’tkazgichlar va postlarga bir xil nomer berish 
taqiqlanadi. Alohida parkka ega stansiyalarda bir parkning hududida yo’llarni bir xil nomerlash 
taqiqlanadi. 
Yo’llar va strelkali o’tkazgichlarni nomerlash tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish