Har bir strelka va signallarni boshqarish posti, boshqaruvidagi strelka va




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
Bog'liq
PTE uz

188. Har bir strelka va signallarni boshqarish posti, boshqaruvidagi strelka va 
signallarning o’tkazilishi va harakat xavfsizligi uchun mas’ul faqat bir xodimning, ya’ni: 
stansiyaning markazlashtirish posti - stansiya navbatchisining, ijro posti - markazlashtirish 
posti operatori, strelkali post - strelkali post navbatchisi, mexanizatsiyalashtirilgan va 


44 
avtomatlashtirilgan saralash tepaligi markazlashtirish posti - tepacha navbatchisi yoki 
operator tassarrufida bo’lishi lozim. 
Stansiyalarda ikki postga strelka postining bir navbatchisi, alohida strelka va postlarga 
esa bevosita stansiya navbatchisining xizmat ko’rsatishi ruxsat etiladi. Bunday stansiyalarning 
ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 
(188 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Dispetcherlik markazlashtirish mavjud uchastkalarda joylashgan stansiyalarda signallarni 
boshqarish va o’tkazish uchun poezd dispetcheri mas’ul. 
189. Strelka posti navbatchilarining ishini nazorat qilish uchun stansiyalarda yo’llarning 
rivojlanganligi, manyovr ishlarining xususiyati va hajmiga bog’liq ravishda strelka postining 
katta navbatchilari tayinlanadi. 
Ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilangan 
stansiyalarda strelka postining katta navbatchilari postga bevosita xizmat ko’rsatish uchun yoki 
bir paytning o’zida postga xizmat ko’rsatish va strelka hududida joylashgan boshqa strelka 
navbatchilarining ishini nazorat qilish uchun tayinlashinishi mumkin. Dispetcherlik 
markazlashtirishning markaziy postlariga va stansiyalardagi stansiya postlariga poezd 
dispetcherlari yoki stansiya navbatchilaridan tashqari markazlashtirish posti operatorlari 
tayinlanishi mumkin. 
(189 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
190. Poezdlarni qabul qilish va jo’natishdan oldin bevosita qabul qilish va jo’natish 
marshruti tarkibiga kirgan, shuningdek, muhofaza strelkalari berkitilishi lozim. 
Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutini tayyorlashda markazlashtirilgan 
strelkalarni o’tkazish stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha markazlashtirish posti 
operatori tomonidan amalga oshiriladi. Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutini 
tayyorlashda markazlashtirilmagan strelkalarni o’tkazish va berkitish strelka postining 
navbatchisi, strelka postining katta navbatchisi yoki strelkalarga xizmat ko’rsatish paytida 
stansiya navbatchisi tomonidan amalga oshiriladi. 
191. Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlarida kalitli bog’liqlik bilan 
jihozlanmagan markazlashtirilmagan strelkalarning kalitlari stansiyaning navbatchisi yoki strelka 
postining katta navbatchisida, jihozlanganlarida esa – strelka postining ijro postida yoki stansiya 
navbatchisining farmoyishi apparatida saqlanishi lozim. 
Peregonlarda, shuningdek, oraliq stansiyalarning qabul qilish-jo’natish yo’llari 
lokomotivsiz tarkiblar yoki alohida vagonlar bilan band etilgan hollarda kalitli bog’liqlik bilan 
jihozlanmagan berk strelkalarning kalitlari stansiyaning navbatchisida saqlanishi shart. Boshqa 
turdagi eng mas’ul strelkalarining (razryadli yuk ortilgan vagonlar, tiklash va o’t o’chirish 
poezdlari turishi uchun ajratilgan yo’llarga yo’naltiruvchi, asosiy yo’llar o’rtasidagi, tutib 
qoluvchi berk yo’llar strelkalari va h.z.) kalitlarini saqlash tartibi va ushbu strelkalar ro’yxati 
stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 
192. Manyovr harakatlarida strelkalarni o’tkazish manyovrlarga rahbarlik qilayotgan 
shaxsning farmoyishiga binoan signalchilar yoki strelka postining navbatchilari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Elektr markazlashtirish mavjud stansiyalardagi manyovr harakatlarida strelkalar stansiya 
navbatchisi yoki markazlashtirish posti operatori tomonidan o’tkaziladi. Strelkalar markaziy 
boshqaruvdan mahalliysiga berilganda, shuningdek, strelka posti navbatchilari xizmat 
ko’rsatmaydigan markazlashtirilgan strelkalarda manyovrlar amalga oshirilganda tuzish yoki 
lokomotiv brigadalarining xodimlari, konduktorlar, park navbatchilari, stansiya navbatchilari, 
stansiya boshlig’i, yuk va bagajni qabul qilib-topshiruvchilar, lokomotiv, vagon depolarining 
xodimlari va boshqalarga strelkalarni o’tkazishga ruxsat beriladi. Shunday strelkalarning raqami 
ko’rsatilgan holda stansiyalarning, hamda manyovrlar paytida ushbu strelkalarni o’tkazishga 


45 
ruxsat berilgan xodimlarning ro’yxati va strelkalarni o’tkazish tartibi DATK mintaqaviy temir 
yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 
(192 band ikkinchi xatboshii "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Markazlashtirilgan strelkani o’tkazishdan oldin unga xizmat ko’rsatuvchi xodim poezdlar 
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibga muvofiq strelkali 
o’tkazgich harakat tarkibi bilan band etilmaganligiga ishonch hosil qilishi shart. 
193. Strelkali o’tkazgichda ta’mir ishlarini bajarish zarur bo’lganda signalchi yoki strelka 
postining navbatchisi (strelka postining katta navbatchisi), yo’l distansiyasi yoki signalizatsiya 
va aloqa distansiyasi xodimlarini, faqat stansiya navbatchisining ruxsati bilan ta’mir ishlarini 
bajarishga qo’yishi mumkin. 
Ta’mir ishlari tugagandan so’ng signalchi, strelka postining navbatchisi (strelka postining 
katta navbatchisi) strelkali o’tkazgichning holati xavfsiz harakatni ta’minlashiga ishonch xosil 
qilib, bu xaqda stansiya navbatchisiga xabar qilishlari lozim. 
194. Stansiya yo’llaridagi strelkali o’tkazgichlar, jumladan, boshqa xo’jalik va 
tashkilotlar tasarrufiga berilgan yo’llarning tutashuvidagi strelkali o’tkazgichlar stansiya 
boshlig’ining ixtiyorida bo’ladi. 
Boshqa xo’jalik va tashkilotlar yo’llaridagi strelkali o’tkazgichlar, tegishli temir yo’l 
bo’linma va tashkilotlar boshliqlarining ixtiyorida bo’ladi. 
Stansiya va tegishli bo’linmalar boshliqlari ixtiyorlaridagi strelka o’tkazgichlarning toza 
va soz holda bo’lishini, shuningdek, strelka o’tkazgichlarning tozaligini, soz ishlashini va yaxshi 
yoritilishini ta’minlashlari lozim. 
195. Texnikaviy holatini nazorat qilish, tozalash, moylash, mahkamlash va ayrim 
boltlarni almashtirish ishlari: markazlashtirilmagan strelkali o’tkazgichlarda - ularga xizmat 
qiladigan strelka postining navbatchilari; markazlashtirilgan strelkali o’tkazgichlarda - yo’l 
distansiyasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Markazlanshtirilgan, shuningdek, strelka posti navbatchilarining tasarrufida bo’lmagan 
markazlashtirilmagan strelka o’tkazgichlarning texnikaviy holatini nazorat qilish, tozalash, 
moylash, mahkamlash va ayrim boltlarni almashtirish ishlari tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l 
uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. 
(195 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

Download 0,79 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Har bir strelka va signallarni boshqarish posti, boshqaruvidagi strelka va

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish