O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Bog'liq
PTE uz

 
Manyovrlarni amalga oshirish 
196. Stansiya yo’llaridagi manyovrlar faqat bir xodim, ya’ni stansiya navbatchisi, 
manyovrlar dispetcheri, saralash tepaligi yoki park navbatchisi, dispetcherlik 
markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda esa - poezd dispetcherining 
ko’rsatmasiga binoan amalga oshirilishi shart. Manyovrlarni boshqarish bo’yicha 
vazifalarning taqsimlanishi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 
197. Manyovr ishlarida ko’rsatmalarni uzatishning asosiy vositasi sifatida radio aloqa, 
zarur hollarda esa ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari ishlatilishi lozim. 
Manyovr ishlarida qo’l signal asboblari bilan signal berishga ruxsat etiladi. 
198. Manyovrlarni amalga oshirayotgan lokomotiv mashinistiga, manyovrlar rahbarining 
ko’rsatmasini shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari orqali yoki qo’l 
signal asboblari bilan berilgan signalini qabul qilmasdan turib, lokomotivni harakatga keltirish 
taqiqlanadi. Manyovrlar rahbarining ko’rsatmasi yoki signalidan tashqari, markazlashtirilgan 
manyovr marshrutlarining strelkalariga chiqish oldidan mashinist manyovr svetoforining ruxsat 
ko’rsatmasi mavjudligiga ishonch hosil qilishi, markazlashtirilmagan strelkalarga chiqish oldidan 
strelka posti navbatchisidan strelkalarning manyovr harakatlarga tayyorligi to’g’risida signal 
yoki axborot (shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari) orqali qabul qilishi 
lozim. Manyovr svetoforlari mavjud bo’lmagan hollarda, markazlashtirilgan strelkalarga chiqish 


46 
oldidan, mashinist strelkalarning manyovr harakatlariga tayyorligi to’g’risida stansiya 
navbatchisidan (shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari yoki manyovrlar 
rahbari orqali uzatilgan) axborot qabul qilishi lozim. 
Strelka va signallar elektr markazlashtirilgan stansiyalarda, strelkalarni markaziy 
boshqaruvdan mahalliysiga topshirilgan hollarda, strelkalarga ularni o’tkazish vazifasi 
yuklatilgan xodimning ko’rsatmasi yoki signaliga binoan chiqishga ruxsat etiladi. 
Manyovr ishlarida radio aloqa va ikki tomonlama park aloqasi qurilmalaridan 
foydalanishning asosiy qoidalari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada 
ko’rsatilgan. 
199. Manyovrlar quyida keltirilgandan ortiq bo’lmagan tezlikda amalga oshiriladi: 
- 60 km/soat - bo’sh yo’llardan alohida lokomotivlar va ortiga avtotormozlari ishga 
tushirilgan va sinalgan vagonlar ulangan lokomotivlar harakatlanganda; 
- 40 km/soat - bo’sh yo’llardan ortiga vagonlar ulangan lokomotivlar harakatlanganda; 
- 25 km/soat - bo’sh yo’llardan vagonlarni oldiga ulab, shuningdek, tiklash va o’t 
o’chirish poezdlari harakatlanganda; 
- 15 km/soat - odamlar bilan band bo’lgan, shuningdek, 4-, 5- va 6-darajali yon va pastki 
nogabarit yuklar ortilgan vagonlar harakatlanganda; 
5 km/soat - manyovrlar turtkilar bilan amalga oshirilganda, tepacha osti parkida 
vagonlarning bir ulanmasi ikkinchi ulanmaga yaqinlashganida; 
3 km/soat - lokomotiv (vagonlar bilan yoki yakka) vagonlarga yaqinlashganda. 
Harakat tarkibining vagon tarozisida harakat tezligi, tarozining tuzilishiga bog’liq 
ravishda, stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi. 
Saralash tepachalarida tepacha svetoforlarining turli signallarida vagonlarni tarqatish 
tezligi, shuningdek, harakat tarkibining xavfsiz harakati va butligini ta’minlaydigan shartlar, 
tepachalarning texnikaviy jihozlanganligi va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
Yuklar, refrijerator vagonlar va seksiyalarni tashish qoidalariga asosan alohida toifadagi 
yuklar ortilgan vagonlar turtki bilan manyovr qilish va saralash tepachalaridan tarqatish, 
poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibga muvofiq, o’ta 
ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim. 
200. Asosiy yo’llarda yoki ularni kesib o’tib, shuningdek, chiqish strelkalaridan
tashqarida manyovrlar bajarish, har bir alohida holatda manyovrlar amalga oshirilayotgan yo’llar 
va strelkalarni kirishni to’suvchi tegishli kirish svetoforlarining yopiq holatida, stansiya 
navbatchisining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Poezdlar dispetcheri va qo’shni stansiya navbatchisining roziligisiz va mashinistga 
berilgan tegishli ruxsatnomasiz tarkibni stansiya chegarasidan peregonlardagi bir yo’lli va 
noto’g’ri yo’ldan ikki yo’lli uchastkalarga chiqib manyovr qilishi taqiqlanadi. Tarkibni stansiya 
chegarasidan to’g’ri yo’l bo’ylab ikki yo’lli uchastkalarga chiqib manyovrlar qilishiga, poezd 
dispetcherining roziligi bilan, stansiya navbatchisining og’zaki ruxsati bo’yicha ruxsat etiladi. 
Kirish svetoforining machtasida stansiyaning o’qi tomonda joylashtirilgan maxsus 
manyovr svetofori mavjud stansiyalarda manyovr qilayotgan tarkibning stansiya chegarasidan 
chiqishi ushbu svetoforning signali bilan amalga oshiriladi. 
201. Harakat tarkibining peregonga ketib qolish xavfi mavjud qiyalikda joylashgan 
stansiya yo’llaridagi manyovrlar, lokomotivni qiyalik tomondan qo’yib, vagonlarning 
avtotormozlari ishga tushirilib va sinab ko’rilgandan so’ng amalga oshiriladi. 
Lokomotivni qiyalik tomondan qo’yish imkoniyati bo’lmagan hollarda ushbu yo’llarda 
manyovrlar tisarish usuli bilan amalga oshiriladi, bunda vagonlarning avtotormozlari ishga 
tushirilgan va sinab ko’rilgan bo’lishi lozim. Bunday yo’llarga ega stansiyalarda harakat 
xavfsizligini ta’minlab manyovrlarni amalga oshirish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlar 
bo’yicha Yo’riqnoma bilan belgilanib, stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 


47 
202. Vagonlarni saralash uchun tepacha qurilmalari mavjud stansiyalarda manyovrlar 
DATK mintaqaviy temir yo’l uzelining boshlig’i tasdiqlagan yo’riqnomalarga muvofiq amalga 
oshirilishi lozim. 
(202 band birinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Quyidagi vagonlarni turtki bilan manyovr qilish va tepachadan tarqatish taqiqlanadi: 
odamlar bo’lgan vagonlar, ammo yuklarni kuzatib boruvchi yo’l kuzatuvchilar (guruhlar) 
bo’lgan vagonlar bundan mustasno; 
yuklarni tashish Qoidalariga muvofiq alohida toifadagi yuklar ortilgan vagonlar; 
4-, 5-, 6-darajadagi yon va pastki nogabaritlik, 3-darajadagi yuqori nogabaritlik yuklar 
ortilgan platforma va yarim vagonlar, yuk ortilgan transportyorlar; 
ishlamayotgan lokomotivlar, motor vagonli harakat tarkibi, refrijerator poezd tarkiblari, 
yo’lovchi vagogonlar, temir yo’lda harakatlanadigan kranlar; 
"Tepachadan tushirilmasin" yozuvi bor vagonlar va maxsus harakat tarkiblari. 
Yuqorida ko’rsatilgan harakat tarkiblari saralash tepaligi orqali faqat manyovr lokomotivi 
bilan o’tkazilishi mumkin. 
203. Saralash tepachalaridan quyidagilarni o’tkazish taqiqlanadi: 12 va undan ortiq o’qi 
bor yuk ortilgan bo’sh transportyorlar; ulanmada bir yoki ikkita oraliq platforma mavjud 
bo’lganida yuk ko’tarish qobiliyati 120 tonna bo’lgan ulanma turidagi yuk ortilgan 
transportyorlar; "Tepachadan o’tkazilmasin" yozuviga ega harakat tarkibi. 
204. Stansiya yo’llaridagi harakat tarkibi chegara ustunchalari bilan belgilangan chegara 
ichida joylashtirilishi lozim. 
Stansiya yo’llarida lokomotivsiz turgan poezd tarkiblari, vagonlar va maxsus harakat 
tarkiblari o’z-o’zidan ketib qolishidan tormoz boshmoqlari, qo’l tormozlari yoki DATK 
tomonidan belgilangan boshqa mahkamlash vositalari bilan ishonchli mahkamlanishi lozim. 
Vagon va tarkiblarni mahkamlash tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha 
Yo’riqnomada belgilanib, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda stansiyaning texnikaviy-
boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 
Stansiya yo’llaridagi yuk operasiyalarida band bo’lmagan, tozalashda, dezinfeksiyada va 
ta’mirda bo’lmagan vagonlarning eshiklari yopiq bo’lishi kerak. 
205. Yuklarni tashish yo’riqnomasiga muvofiq o’ta ehtiyotkorlikni talab etuvchi alohida 
toifadagi yuklar ortilgan vagonlar, manyovrlar bajarilayotgan paytda qattiq yonilg’ida 
ishlaydigan parovozdan kamida bitta xavfsiz yuk yoki bo’sh vagon bilan to’silgan bo’lishi lozim. 
Xavfli yuki bo’lgan vagonlar hamda suyultirilgan gazli sisternalar stansiyalarda 
poezdlardan alohida turganlarida, saralash parklari yo’llarida to’planayotganlari bundan istisno, 
maxsus yo’llarda joylashtirilishi lozim. Bunday vagonlar ulangan, ketib qolmasligi uchun 
mahkamlangan hamda ko’chma to’xtash signallari bilan to’silgan bo’lishi kerak. 
Bunday vagonlar turgan yo’lga olib boruvchi strelkalar ushbu yo’lga kirishga imkon 
bermaydigan qilib o’rnatiladi. 
Xavfli yuki bo’lgan vagonlar hamda quyultirilgan gazli sisternalar saralash parklarining 
yo’llarida to’planayotganda, poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada 
belgilangan alohida extiyot choralari ko’rilishi shart. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish