51
Ko’rsatilgan me’yorlar va ma’lumotlar poezdlar harakati jadvali kitobchalarida beriladi.
222. Grafikda belgilangan poezdlarning uchastkalarda harakatlanish tezliklari yo’l
xo’jaligi boshqarmasi, tashishlarni
tashkil qilish boshqarmasi, aloqa va signalizatsiya Markazi,
elektr ta’minoti Markazi va lokomotivlardan foydalanish
boshqarmasi bilan kelishilib, DATK
boshqaruvi raisining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
223. Yo’lovchi poezdlarida avtotormozlash tizimiga yo’lovchi turidagi avtotormozli
barcha
vagonlar, yuk poezdlarida esa yuk turidagi avtotormozli barcha vagonlar va maxsus
harakat takibi qo’shilishi lozim.
Yo’lovchi poezdlarda elektropnevmatik tormozlashdan foydalanish lozim. Yo’lovchi
poezdlarga RITS gabaritli vagonlar qo’shilsa, ushbu poezdlarning
pnevmatik tormozlashda
harakatlanishi DATK belgilagan tartibda ruxsat etiladi.
Barcha poezdlarda hamma lokomotivlar va parovoz tenderlarining avtotormozlari
(ishlamasdan
ketayotgan, tormozlashning bo’sh rejimiga ega bo’lmagan tenderlar bundan
mustasno) avtotormoz tizimiga qo’shilishi shart.
Barcha poezdlarda yuk va yo’lovchi turidagi avtotormozli
vagonlarni birgalikda
avtotormoz tizimiga qo’shish tartibi, shuningdek, vagon
va lokomotivlarning havo
taqsimlagichlarini tegishli rejimga qo’shish tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi.
Yuk poezdlariga oraliq magistralli harakat tarkibi qo’yilishi mumkin, ammo bir guruhda
ko’pi bilan 8 ta o’q, poezdning ortidagi so’nggi ikki vagon oldidan esa ko’pi bilan 4 ta o’qdan
ortmasligi lozim.
So’nggi ikki vagon ishga tushirilgan soz tormozlarga ega bo’lishi lozim.