O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83
Bog'liq
PTE uz

 
 
Lokomotivlarni poezdlarga ulash 
230. Harakatdagi elektrovozlar va teplovozlar poezdning bosh tomoniga ulanadi va old 
kabinadagi mashinist tomonidan boshqariladi. Bitta boshqaruv kabinasiga ega teplovozlar va 
parovozlar old tomonga harakatlanish uchun poezdning bosh tomoniga ulanadi. 
Harakatlanish uchastkasi bo’ylab ikkita yoki uchta harakatdagi lokomotiv bilan yuradigan 
poezdlarning bosh tomoniga quvvatliroq kompressorlar (bug’-havo nasoslari) ga ega lokomotiv 
ulanadi. Og’irligi va uzunligi oshirilgan poezdlarga harakatdagi lokomotivlarni qo’yish, 
shuningdek, poezdlarga uchastkaning bir qismida yuradigan harakatdagi lokomotivlarni ulash 
tartibi va ularning harakat xavfsizligini ta’minlaydigan shartlar DATK boshqaruvi raisi 
tomonidan o‘rnatiladi. 
Ikki va undan ortiq boshqaruv kabinasiga ega yoki ko’p birliklar tizimida ishlaydigan 
lokomotivlarning manyovr harakatlanishi uchun, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, 
DATK boshqaruvi raisi harakat va odamlar xavfsizligini ta’minlovchi lokomotivni boshqarish 
tartibini belgilaydi. 
Poezdlar ishida band lokomotivlardan harakatlanish uchastkalari hududida foydalanish 
kerak. Favqulodda hollarda lokomotivlarni biriktirilmagan uchastkalarga o’tkazish DATK 
tomonidan ruxsat etiladi. 
231. Bir boshqaruv kabinisiga ega lokomotivlarning orqaga harakatlanishiga faqat 
quyidagi hollarda yo’l qo’yiladi: 
shahap atrofiga qatnovchi, xo’jalik, tiklash, o’t o’chirish, topshiriladigan va chiqarish 
poezdlarida; 
shahobcha va tutashtirish yo’llarida harakatlanganda; 
manyovrlarni amalga oshirganda; 
ikki lokomotiv qo’shib ishlatilsa, ikkinchi lokomotiv harakatlanganda; 
lokomotivlarni burish qurilmalari bo’lmagan stansiyalardan poezdlar jo’natilganda; 
surishdan so’ng poezd bilan jo’natish stansiyasiga qaytishda; 
poezdlarni bir punktdan ikki yo’nalishga surishda, shuningdek, poezdlarni stansiya 
hududida surishda; 
yordamchi lokomotiv bilan poezdni peregondan chiqarishda; 
vagonlarsiz harakatlanganda. 
232. Ishlamayotgan holda lokomotivlar jo’natilayotganda poezdlarga qo’yish uchun 
tayyor bo’lishi va ularning tarkibiga DATK yo’riqnomasiga muvofiq, kompaniya hududidan 
tashqarida esa, harakatlanadigan temir yo’llarning ma’muriyatlari bilan kelishuv bo’yicha 
kiritilishi lozim. 


54 
Etakchi lokomotiv ortidan ulanadigan ishlamayotgan lokomotivlarning miqdori ikki va 
undan ortiq temir yo’llar bo’ylab harakatlanganda temir yo’llar ma’muriyatlari, kompaniya 
hududida esa - DATK boshqaruvi raisi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish