Poezdlarning harakatlanish tartibi




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/83
Sana01.12.2023
Hajmi0,79 Mb.
#109087
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
Bog'liq
PTE uz

Poezdlarning harakatlanish tartibi 
262. Yo’lovchi va yuk poezdlarining O’zbekiston Respublikasi temir yo’llari tizimida 
yo’l qo’yiladigan eng katta tezliklari yo’l tuzilishi va harakat tarkibining turiga ko’ra DATK 
boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
Peregonlar va stansiyalardagi poezdlar harakat tezligi DATK boshqaruvi raisi tomonidan 
o‘rnatiladi va poezdlar harakat grafigida ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, yon yo’lga chiqishdagi 
harakat tezligi krestovina markasi 1/11 va undan tikroq strelka o’tkazgichlari bo’yicha 40 
km/soat dan oshmasligi, yo’lovchi poezdlarining 1/9 krestovina markali strelka o’tkazgichlari 
bo’yicha tezligi 25 km/soat dan oshmasligi, 1/11 krestovina markali R65 turidagi relslardan 
o’tkazishda 50 km/soat dan oshmasligi, 1/11 krestovina markali simmetrik strelka 
o’tkazgichlaridan 70 km/soat dan oshmasligi, 1/18 krestovina markali o’tkazgichlar bo’yicha 80 
km/soat dan oshmasligi kerak. 
Yo’lovchi va yuk poezdlari uchun bitta sariq (lipillamayotgan) chiroqli svetofordan o’tish 
tezligi 60 km/soat dan oshmasligi kerak. 
Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkada keyingi svetofordan tormoz yo’lidan kam 
masofada joylashgan bitta (lipillamayotgan) sariq chiroqli svetoforni, avtoblokirovka bilan 
jihozlanmagan uchastkada esa asosiy signaldan to’liq xizmat tormozlashdagi tormoz yo’lidan 
kam bo’lgan masofada joylashgan svetoforni DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan 
tezlikdan oshmagan holda o’tishga ruxsat beriladi. 
Poezdning vagonlari bilan oldinga harakatlanish tezligi 25 km/soat dan oshmasligi kerak; 
xo’jalik poezdlari uchun lokomotiv va yo’l mashinasida radio aloqa bo’lgan taqdirda yo’l 
mashinalari, tiklash va o’t o’chirish poezdlarining konstruksiyasiga ko’ra 40 km/soat dan 
oshmasligi kerak. Qor tozalovchilarning harakat tezligi ushbu mashina va poezdlarning pasport 
ma’lumotlariga ko’ra DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
(262 band beshinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Boshi berk stansiya yo’llariga qabul qilishda poezd harakat tezligi qabul qilish yo’li 
boshida 25 km/soat dan oshmasligi kerak. 
Motorvagon poezdning harakat tezligi yo’lning bo’sh uchastkasiga qabul qilinishda, shu 
yo’lning keyingi uchastkasi boshqa motorvagon poezd bilan band bo’lganida 20 km/soat dan 
oshmasligi kerak. 
Tezlikni kamaytirishni talab qiladigan joyda harakat tezligi DATK boshqaruvi raisining 
qaror va ogohlantirishida ko’rsatilgan tezlikka mos bo’lishi, ko’rsatmalarning yo’qligida esa 25 
km/soat dan oshmasligi kerak. 
263. Poezdlarning yo’nalish vaqtida lokomotiv brigadalarining alohida hushyorligini 
ta’minlash va ularni ishlarni amalga oshirish xaqida ogohlantirish kerak bo’lgan taqdirda 
poezdlarga yozma ogohlantirishlar topshiriladi. 
Ogohlantirishlar quyidagi hollarda topshiriladi: 
yo’l, kontakt tarmoq qurilmalari, pereezd signalizatsiyasi, sun’iy va boshqa inshootlar 
nosozligida, shuningdek, yo’lda to’xtash yoki tezlikni kamaytirishni talab qiladigan ta’mir va 
qurilish ishlarida; 
signalizatsiya va aloqa vositalarining yangi turlarini foydalanishga topshirishda, 
shuningdek, yangi svetoforlarni yoqishda, eskilarini ko’chirishda va bartaraf qilishda, ularni 
yopiq holatga keltirib bo’lmaydigan nosozliklarda; 
yo’l avtomatik signalizatsiya qurilmalarining nosozligida; 


63 
ortish gabaritlaridan tashqariga chiqqan yuklar ortilgan poezdni jo’natishda ushbu 
poezdning yo’nalishi davomida tezlikni pasaytirish yoki alohida sharoitlarga rioya qilish kerak 
bo’lganda; 
ikki yo’lli peregonda qor tozalagich, ballaster, yo’l yotqizuvchi, ko’tarma kran, shag’al 
tozalagich va boshqa mashinalar ishlaganda; 
berilgan uchastka uchun belgilangan tezlik bilan harakatlana olmaydigan harakat tarkibini 
poezdga biriktirganda; 
ko’rish sharoiti yomon bo’lganida olib qo’yiladigan harakat birliklari bilan ishlashda, 
shuningdek, yo’l vagonchalarida og’ir yuklarni tashishda; 
yo’lda poezdni to’xtatish yoki tezlikni pasaytirish kerak bo’lgan boshqa barcha 
holatlarda, shuningdek, lokomotiv brigadalarni poezd alohida sharoitda harakatlanayotgani 
xaqida ogohlantirish kerak bo’lganida. 
Poezdlarga ogohlantirishlarni topshirish poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha 
Yo’riqnoma belgilagan tartibda amalga oshiriladi. 
264. Ikki yo’lli peregonlarda har bir asosiy yo’l, odatda, poezdlarning bir yo’nalishida 
harakatlanishiga xizmat qiladi. 
Uch yoki to’rt izli (yo’llarni tutashuvida) uchastkalarda poezdlar harakatini tashkil etish 
tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
265. Poezdlar harakatini tartibga solish uchun poezd dispetcheri buyrug’i bilan poezdlarni 
noto’g’ri yo’ldan jo’natish qo’llanishi mumkin. 
Yo’lovchi poezdlarni noto’g’ri yo’ldan jo’natishga YADM ning smena bo’yicha 
o’rinbosari qarori bilan har biri alohida vaziyat uchun istisno tariqasida yo’l qo’yiladi. 
Noto’g’ri yo’ldan harakatlanishda harakat xavfsizligini ta’minlash choralari poezdlar 
harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 
266. Zarur hollarda poezdlarni bir-biriga ulash qo’llanishi mumkin. Bunda bir-biriga 
ulangan poezdlarning har biri bosh qismida ishlab turgan lokomotivlar bilan yo’l bosadi. 
Poezlarning bunday harakatlanishini tashkil etish DATK ning amaldagi yo’riqnomasiga 
ko’ra o‘rnatiladi. 
267. Poezdlarning vagonlarni oldinga qo’yib harakatlanishiga quyidagi hollarda yo’l 
qo’yiladi: 
shahobcha yo’llariga borishda va orqaga qaytishda; 
xo’jalik, tiklash va o’t o’chirish poezdlarining harakatlanishida. 
Bunday poezdning bosh qismida harakat yo’nalinsh tomonga qaragan o’tish maydonchali 
vagon qo’yilib, uning ustida yo’lning bo’shligini nazorat qiluvchi, harakat xavfsizligiga yoki 
inson hayotiga xavf tug’diruvchi vaziyatda poezdni to’xtatish uchun chora ko’ruvchi xodim 
turishi kerak. 

Download 0,79 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish