61
258. Ayrim kam faoliyatli uchastkalarda va shahobcha yo’llarida poezdlar harakati
quyidagicha amalga oshiriladi:
poezd radio aloqasi orqali bevosita etakchi lokomotiv mashinistiga uzatiladigan poezd
dispetcheri buyrug’i asosida;
bitta jezl
vositasi bilan;
bitta lokomotiv vositasida.
Uchastka va shahobcha yo’llarning ro’yxati va ushbu aloqa vositalari yordamida poezdlar
harakatini tashkil etish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
259. Avtomatik blokirovkada:
a) poezdning blok-uchastkani egallashiga ruxsat bo’lib, chiqish va o’tish svetoforining
ruxsat beruvchi ko’rsatishi xizmat qiladi;
b) mustasno sifatida uzoqqa cho’zilgan ko’tarilishlarda joylashgan o’tish svetoforlarida
(kirish svetoforlaridan oldin joylashganlaridan tashqari) har bir
alohida vaziyat uchun DATK
boshqaruvi raisining ruxsati bilan shartli ruxsat signali - T harfi shaklidagi belgi aks etgan shit
o’rnatish mumkin.
Bu signal yuk poezdiga svetoforning qizil chirog’i yonib turganda to’xtamasdan o’tib
ketishiga ruxsat bo’lib xizmat qiladi.
Bunda mashinist poezdni shunday boshqarishi kerakki, qizil chirog’i yonib turgan
svetoforni 20 km/soat tezlik bilan ehtiyotkorlik bilan bosib o’tishi va keyingi harakatiga to’siq
uchrab qolganda zudlik bilan poezdni to’xtatishga shay bo’lishi kerak;
v) poezd o’tish svetoforining qizil chirog’ida to’xtaganidan keyin, shuningdek, chirog’i
o’chgan yoki noaniq bo’lsa, agarda mashinist oldindagi blok-uchastka boshqa poezd bilan
egallanganini ko’rib yoki bilib tursa, blok-uchastka bo’shamaguncha harakatini davom ettirishi
man qilinadi. Agarda mashinist oldindagi blok-uchastkada poezd bor-yo’qligini bilmasa, u
to’xtatgandan so’ng avtotormozni qo’yib yuborishi kerak, ana shu
vaqt ichida svetoforning
ruxsat beruvchi chirog’i yonmasa, poezdni keyingi svetoforgacha 20 km/soat tezlik bilan alohida
e’tibor bilan boshqarishi va harakatida biron-bir to’siq uchraydigan bo’lsa, poezdni zudlik bilan
to’xtatishga shay bo’lib turishi kerak.
Keyingi o’tish svetofori ham shu ahvolda bo’lsa, poezd harakati to’xtagandan keyin yana
o’sha tartibda davom ettiriladi.
Belgilangan tartibda man etuvchi ko’rsatkichli o’tish svetofori o’tib bo’lingandan so’ng
lokomotiv svetoforida ruxsat ko’rsatkichi paydo bo’lsa, mashinist lokomotiv svetoforining
ko’rsatkichiga amal qilib, lekin 40 km/soat tezlikdan oshmagan holda keyingi svetoforgacha
borishi mumkin.
Lokomotiv svetoforida ruxsat chiroqlari yonib turganida
lokomotiv svetofori
ko’rsatkichiga amal qilib o’tish svetoforlarining o’chgan chiroqlarida to’xtamay o’tib ketishga
ruxsat etiladi.
260. Yarim avtomatik blokirovkada:
poezdning peregonni egallashiga ruxsat bo’lib, chiqish va o’tish svetoforlarining ruxsat
beruvchi ko’rsatkichlari xizmat qiladi;
bir yo’lli uchastkalarda chiqish svetoforini ochish uchun poezd jo’natilayotgan qo’shni
stansiya navbatchisidan blok-apparat orqali blokirovka rozilik signali olinishi kerak yoki blok-
tizimni tegishli harakat yo’nalishiga o’zgartirish kerak.
261. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan
avtomatik
lokomotiv signalizatsiyada: birinchi blok-uchastkani egallashga ruxsat bo’lib, chiqish
svetoforining ruxsat ko’rsatkichi xizmat qiladi; lokomotiv svetoforining ruxsat beruvchi
ko’rsatkichi keyingi blok-uchastkani egallashga xizmat qiladi.
Signalizatsiya va aloqa barcha vositalari ishining tanaffus (to’xtash)
paytida poezdlar
harakati bir yo’lli uchastkalarda yozma xabarnomalar orqali, ikki yo’lli uchastkalarda -
stansiyalar orasidagi peregonda poezdning o’tishiga ketadigan vaqt bilan chegaralash orqali
amalga oshiriladi.
62
Signalizatsiya va aloqaning barcha vositalari ishining to’xtagan paytida poezdlar
harakatini tashkil qilish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan
o‘rnatiladi.